“Alisher Navoiy haftaligi” nomli kitoblar ko’rgazmasi

   2017 yil 9 fevral kuni g’azal mulkining sultoni Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludiga bag’ishlab institut Axborot-resurs markazida “Alisher Navoiy haftaligi” nomli kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Kitoblar ko’rgazmasidan Alisher Navoiy asarlari va buyuk mutafakkir haqida yozilgan o’zbek, rus va ingliz tillaridagi asarlar ham o’rin olgan.

   Shuningdek, ushbu sana munosabati bilan institut faollar zalida arab tili kafedrasi tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda axborot-resurs markazi tomonidan Alisher Navoiy asarlaridan iborat ko’rgazma tashkil etildi.

2017-02-10 13:31:33 | ko'rishlar soni: 446