Kitobxonlik targ’iboti – dolzarb masala

Kitobxonlik targ’iboti – dolzarb masala

   Samarqand davlat chet tillar instituti axborot – resurs markazi o’quv zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi F – 4789 sonli farmoyishini ijro etish bo’yicha tadbirlar doirasida ARMga yangi kelib tushgan badiiy adabiyotlarning taqdimoti bo’lib o’tdi.

   Taqdimotda Muso Toshmuhammad o’g’li OYBEK  “Navoiy Novel”. (ingliz tilidan  I.M. Tuxtasinov va O.M.Muminov tarjimasi)Toshkent.: 2016.- 468p., D.Yormatova “Yusuf va Zulayho”. T.: 2014, 192b., D.Yormatova “Yusuf and Zulaikha”., T.: 2016 168b., “Ajdodlar merosi – ma’rifat ziyosi”/ M.B.Yo’ldoshev va boshq./- T.:, 2015. -96 b., “Ulug’lar o’giti – yoshlar kamoli” To’plovchi: D.Normuhammad, T.:2016. – 80 b. Gerbart Uells “Doktor Moro oroli” (ingliz tilidan T.Jo’raev tarjimasi) kabi asarlar muhokamasi o’tkazildi. Yosh talaba – kitobxonlarga ushbu asarlarni mohiyati va ahamiyati yoritib berildi. Kitob targ’iboti tadbirlari davom etmoqda.

2017-01-20 08:57:45 | ko'rishlar soni: 631