Dasturchilar elektron kutubxona dasturini yaratishdi

   O‘zbekistonlik dasturchilar Zarif Jo‘rayev va Mirxon Nurullayev tomonidan “Elektron kutubxona v.1” dasturi yaratildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Inteleyektual mulk agentligi rasmiy saytida xabar berildi, deb Qalampir.uz yozmoqda.
   Ushbu dastur elektron resurslar bilan ishlovchi muassasalar uchun ayni muddao, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Dastur orqali yo‘nalishlar bo‘yicha resurslarni joylashtirish, joylashtirilgan resurslarning muallifi, nomi va yo‘nalishi bo‘yicha izlab topish hamda yuklab olish, joylashtirilgan resurslardan foydalanilganlik bo‘yicha hisobotlar yaratish, internet resurslarini joylashtirish, ulardan foydalanish mumkin.

   Manba: zamin.uz

2017-01-12 13:00:07 | ko'rishlar soni: 258