Tarixingdir ming asrlar...

   Joriy yilning 26 dekabr sanasida Axborot – resurs markazi tashabbusi bilan Samarqand davlat chet tillar institutida tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi hamda institut ma’naviyat bo’limi ishtirokida ARM o’quv zalida O’zbekiston xalq shoiri, dramaturg, jamoat arbobi, tarjimon, O’zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir, - kengaytirilgan, davra suhbati bo’lib o’tdi.

   Tadbirda institut ma’naviy ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektori H.D.Norqulov, Axborot - resurs markazi direktori A.K.Eshqobilov, dostent A.M.Turobov, tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchilari N.Rahmatullaev hamda M.Xolovalar shoirning hayoti va ijodi haqida ma’ruza qildilar.

   Davra suhbatida Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari shoir ijodidan namunalar o’qishdi.

   Erkin Vohidov tavalludi munosabati bilan institut Axborot resurs markazi qoshida doimiy ko’rgazma tashkil etildi. 

   Tadbir mushoiraga ulanib ketdi.

2016-12-28 10:40:37 | ko'rishlar soni: 373