“21 may O‘zbekistonda Axborot kutubxona xodimlari” kuni “Do‘stlik” mahallasida nishonlandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Samarqand shahar “Do‘stlik” mahallasidagi xorijiy tillarni o‘qitadigan  "Intellekt education" o‘quv markazining ochilish marosimida ishtiroki chog‘ida mahalla yoshlariga ingliz tilidan ilk dars-mashg‘ulotini rektorning o‘zi o‘tib berdi.

Shuningdek, sportning “Shaxmat” hamda “Stol tennis” turlaridan tashkil etilgan sport musobaqalarida ham ishtirok etib, bolajonlarga ular uchun qiziqarli bo‘lgan kitoblarni “rektordan esdalik” dasxati bilan sovg‘a qildi.

Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni rivojlantirish, yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish maqsadida ARM xodimlari tomonidan “Do’stlik” mahallasida kitob ko’rgazmasi tashkil qilindi. “Do’stlik” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni, ayniqsa yoshlarni kitobga bo’lgan talabini qondirish maqsadida talab va takliflarini o’rganildi. Kitobxonlar kunning istalgan vaqtida foydalanishi mumkin bo’lgan ARM tomonidan yaratilgan elektron kutubxonadan foydalanish bo’yicha bukletlar tarqatildi. Kitob ko’rgazmasidan chet tillarni o’rganishga oid kitoblar qo’llanmalar, darsliklar, g’arb va sharq tillaridagi lug’atlar o’rin oldi.

2021-05-22 10:59:43 | ko'rishlar soni: 482