OʼZBEK АDАBIYOTI DURDONАLАRI DUNYO TILLАRIDА

OʼZBEK АDАBIYOTI DURDONАLАRI DUNYO TILLАRIDА

Koʼrgazmadagi oʼzbek adabiyotining nodir asarlaridan boʼlgan va ingliz tiliga tarjima qilingan asarlar xorijiy tillarni oʼrganuvchi yoshlar, tarjimonlik bilan shugʼullanadigan ilmiy xodimlarda katta qiziqish uygʼotdi. 

Xorijiy tillarga tarjima qilingan asarlarni oʼz qoʼlingizda ushlab koʼrar ekansiz, har bir oʼzbek farzandida oʼzgacha faxr hissi uygʼonadi, bu esa yoshlarimizni koʼproq kitob oʼqishga va kelajakda shunday buyuk asarlar yaratishga kuch bagʼishlashi yuzasidan institut professor-oʼqituvchilari hamda talabalari o'rtasida fikrlar almashinildi.

Tadbirlar davomida Ingliz tili II fakulteti ''Ingliz tilinining integrallashgan kursi'' kafedrasi oʼqituvchisi Аdash Rustamova tomonidan ingliz, rus, nemis, ispan, italyan, polyak, fransuz, portugal tillariga tarjima qilingan “THE MAIN CONCEPTS OF TEACHING ENGLISH PRONUNCIATION IN KINDERGARTENS” deb nomlangan monografiyasining taqdimoti ham oʼtkazildi. 

Аdash Rustamova oʼz taqdimotida maktabgacha yoshdagi bolalarda chet tilini oʼqitishda talaffuzni shakllantirish va rivojlantirish, 5-6 yoshdagi bolalarga ingliz tili talaffuzini oʼrgatish qiyinchiliklari, maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili talaffuzini sheʼr, qoʼshiq va ertaklar vositasida koʼrgazmali, multimedia va oʼyin texnologiyalaridan foydalanib oʼrgatishning didaktik taʼminotini ishlab chiqishda nimalarga eʼtibor berish kerakligi haqida batafsil toʼxtalib oʼtdi. 

Shuningdek, yurtimizdagi yirik kitob doʼkonlaridan biri boʼlgan “Kitob olami” doʼkonining Samarqand viloyat boʼlimi bilan hamkorlikda “Siz ham bir dona kitob oling” shiori ostida kitoblar savdosi ham yoʼlga qoʼyildi. Bu yerda talaba-yoshlar yangi nashrdagi kitoblar bilan tanishtirildi.

2021-04-10 12:12:41 | ko'rishlar soni: 603