Axborot-resurs markazida maktab o’quvchilari

Bugun, 30-yanvar kuni Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Xalq ta’lim bo’limiga qarashli Shukurov O’tkir Mamatqulovich direktorligidagi 77-umumiy o’rta ta’lim maktabining o’qituvchilari hamda o’quvchilari Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida maktab o’quvchilari institutdagi ARM hamda AKT xonalari, tayyorlov kurslari va markazlari, institut qoshidagi Konfutsiy institutining faoliyati, mavjud fakultetlar, shuningdek, ularda xorijiy  oliy ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil etilgan innovatsion loyihalari bilan batafsil tanishtirib chiqildi.

Maktab o’qituvchilari hamda o’quvchilari o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga institut xodimlari va professor-o’qituvchilaridan atroflicha javob olishdi.

2021-02-01 14:19:21 | ko'rishlar soni: 285