“Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi

Diqqat! “Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi bo’lib o’tadi.

Besh muhim tashabbusning to’rtinchi tashabbusi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Shu munosabat bilan O’zbekiston yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi tashabbusida joriy yilning 23-25 dekabr kunlari “Yosh kitobxon” tanlovining Samarqand shahar saralash bosqichi o’tkaziladi.

Ushbu tanlovda oliy ta`lim muassasasi va oliy ta`lim muassasasi qoshida tashkil qilingan akademik litseyining 15 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan kitobxonlikka qiziquvchi talabalari, o’qituvchi-pedagog xodimlari ham ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov o`tkaziladigan joy

Tanlov Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti binosida bo’lib o’tadi

Yosh toifasiga ko`ra:

10 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilar uchun 23-dekabr soat 10:00 da boshlanadi.

15 yoshdan 19 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilar  uchun 24-dekabr soat 10:00 da boshlanadi.

20 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilar  uchun 25-dekabr soat 10:00 da boshlanadi.

Tanlovga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat(passport yoki guvohnoma) bilan kelishlaringiz so’raladi.

2020-12-22 14:02:48 | ko'rishlar soni: 395