Yilning eng yaxshi kitobi mualliflari ham taqdirlandi

Samarqand shahridagi “Nurafshon” madaniyat saroyida Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan ijodkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan 2019 yilning “Eng yaxshi kitobi” viloyat ko‘rik-tanlovi g‘oliblari ham taqdirlandi.

Tanlov viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limlari hamkorligida tashkil etildi.

Tanlovda Mamadamin Rajabovning “Komillik gulshani” kitobi “Badiiy publitsistika yo‘nalishi” bo‘yicha, Zuhra Begim Eshonqulovaning “Nima yaxshi dunyoda?”, “Bir quchoq otash” she’riy kitoblari “Nazm yo‘nalishi” bo‘yicha va Xurshid Nurullayevning “Baxtli bo‘lish o‘zimga bog‘liq” nomli kitobi “Nasr yo‘nalishi” bo‘yicha “Eng yaxshi kitob”, deb topildi.

G‘oliblarga viloyat hokimi E.Turdimov tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

                                                                                                               manba zarnews.uz

2020-06-29 14:25:04 | ko'rishlar soni: 519