TABRIKLAYMIZ!

Har yili 21-oktabr kuni mamlakatimizda til bayrami sifatida kеng nishonlanishi an’anaga aylanib qolgan. Chunki mamlakatimizda ona tilimizni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, uning milliy ruhini oshirish, madaniyat va san’atni yuksak pog‘onalarga ko‘tarish, shuningdеk, lotin yozuviga asoslangan o‘zbеk alifbosini joriy etish sohasida qabul qilingan Davlat dasturi ijrosini ta’minlashdеk ustuvor yo‘nalishdagi vazifalarni bajarish tom ma’noda kundalik hayotimizga tobora singib bormoqda.

Aynan mazkur munosabat yuzasidan 2019-yilning 22-oktabrida Samarqand davlat chet tillar institutida 21-oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishining 30 yilligi munosabati bilan “Ona tilim – sen ruhimning qanoti” shiori ostida tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirni kirish so‘zi bilan institut rektori I.M.Tuxtasinov ochib berdi hamda barchani til bayrami munosabati bilan chin dildan muborakbod etdi. 

ARM ilmiy uslubiy va axborot-ma`lumot davriy nashrlar bo`limi boshlig`i Tillyayeva Fotima Ziyodullayevna o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan professor-o`qituvchilar o`rtasida “Til millat ko`zgusi” mavzusida o`tkazilgan insholar tanlovida faxrli I-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida tadbirni tashkil etishda yaqindan yordam bergan va bayram sahnasida faol ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faxriy yorliq, diplom, esdalik sovg‘alar, shuningdek, kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanishdi.

Tillyayeva Fotima Ziyodullayevnani I-darajali diplom bilan tabriklaymiz va  kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

ARM jamoasi.

2019-10-23 15:01:44 | ko'rishlar soni: 478