Yangi kitoblar

 

   ITD-1-144 "O'zbek adabiyoti namunalarini sharq tillariga larjima qilishning nazariy va amaliy masalalari" ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida tayyorlangan ushbu tarjima to'plamidan o'zbek hikoyalaridan namunalar o'rin olgan. Tarjimalami tayyorlashda XXR fuqarosi, mohir tarjimon Maryam Gapur honim, Toshkent davlat sharqshunoslik institutinirrg xitoy filologiyasi kafedrasi iqtidorli talabalari, ilmiy-tadqiqot ishlari va badiiy tarjima bilan shug'ullanib kelayotgan mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etdilar. To'plamdan xitoy tili, xitoy adabiyoti, tarjima nazariyasi va amaliyoti darslarida xrcstomatiya sifatida foydalanish mumkin.

2017-03-16 14:25:27 | ko'rishlar soni: 4054 | Yuklab olindi: 3006-marta

   Ushbu kitobda Oltin O’rda xonlari va temuriy sultonlarning turkiy tilda bitilgan yorliqlari, rasmiy-diplomatik maktublari tarixiy-filologik, manbashunoslik va matnshunoslik jihatidan tadqiq etilgan. Unda hujjatlar matni va mazmuni keltirilib, ularning o’zbek davlatchiligi tarixi, turkiy yozma rasmiy uslubi tarixini o’rganishdagi ahamiyati ochib beriladi.

   Kitob filologlar, tarixchilar va ayni yo’nalishda o’qiyotgan talabalarga mo’ljallangan.

   Monografiya F-I-136 “Ilk va o’rta asrlarda yaratilgan turkiy hujjatlarning o’zbek davlatchiligi tarixidagi o’rni (diplomatika, sfragistika, paleografiya va matn interpretastiyasi masalalari)” mavzuidagi ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida yozilgan.

2017-03-16 14:02:27 | ko'rishlar soni: 1777 | Yuklab olindi: 670-marta

   Ushbu kitobda turkiy rasmiy uslubning yuzaga kelishi va takomili, X-XIII yuzyilliklardan qolgan vasiqalar, ularning fonetik transformastiyasi, morfologik, sintaktik interpretastiyasi va matn stilistikasi to’g’risida so’z boradi. Shuningdek, kitobda qadimgi turkiy vasiqalarning ilmiy matni keltirilib, matn talqini masalalarida fikr yuritiladi.

   Kitob manbashunoslar, filologlar, tarixchilar va ayni ilmiy yo’nalishda izlanish olib borayotgan yosh mutaxassislarga mo’ljallangan.

   Monografiya F-I-136 “Ilk va o’rta asrlarda yaratilgan turkiy xujjatlarning o’zbek davlatchiligi tarixidagi o’rni (diplomatika, sfragistika, paleografiya va matn interpretastiyasi masalalari)” mavzuidagi ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida yozilgan.

2017-03-16 13:49:37 | ko'rishlar soni: 1756 | Yuklab olindi: 670-marta

   Mazkur monografiya "YoA1-13 Sharq tillari ikki tilli lug’atlarininig leksikografik tadqiqotlari" loyihasi doirasida tayyorlandi. Monografiya sharq tillari terminologiyasi. leksikologiyasi hamda sharq tillari lug’atchiligi shakllanishi tarixiga oid ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Unda keltirilgan ma’lumotlardan sharq tillari leksikologiyasi va leksikografiyasi bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.

2017-03-16 13:27:04 | ko'rishlar soni: 1909 | Yuklab olindi: 737-marta

   Alisher Navoiy asarlari bo’yicha konkordans tuzish qo’llanmasi "F-1-135 Alisher Navoiy asarlari konkordansining ilmiy-uslubiy tadqiqi" fundamental ilmiy loyiha doirasida tuzildi. Bu loyiha bo’yicha, birinchi navbatda, Alisher Navoiy "Xamsa"sining beshta dostoni bo’yicha konkordans tuzish nazarda tutilgan edi. Shu maqsadda, avval, konkordans tuzish bo’yicha dunyo tajribasi o’rganilib, Navoiy asarlari o’z mohiyati bilan noyob asarlar bo’lganligi uchun ularning o’ziga xosliklarini nazarga olgan holda alohida qo’llanma yaratildi. Bu qo’llanma kelgusida o’zbek adabiyotining boshqa asarlari bo’yicha tuziladigan konkordans va izohli lug’atlar uchun yo’llanma vazifasini bajarishi mumkin.

2017-03-16 13:06:55 | ko'rishlar soni: 1827 | Yuklab olindi: 575-marta

   “Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonlaridagi ramz va timsollar” monografiyasi “F-1-135 Alisher Navoiy asarlari konkordansining ilmiy-uslubiy tadqiqi” fundamental ilmiy loyiha doirasida amalga oshirildi. Bu monografiyada “Xamsa” dostonlarida eng ko’p uchraydigan ayrim ramz va timsollar konkordans asosida lug’aviy va majoziy ma’nolari namuna sifatida talqin qilingan. Monografiya bo’lajak Alisher Navoiy asarlari bo’yicha konkordans asosida tadqiqot olib boruvchilar uchun va o’quvchilarning keng ommasiga mo’ljallangan.

2017-03-16 12:46:16 | ko'rishlar soni: 2109 | Yuklab olindi: 771-marta

   Qo’lingizdagi ushbu monografiyada dunyoning turli fondlarida saqlanayotgan ilk va o’rta asrlardan bizga qadar etib kelgan eski turkiy tildagi diplomatik ҳujjatlarning diaxron aspektdagi tahlili amalga oshirilgan.

   Kitob filologlar, tarixchilar va ayni yo’nalishda o’qiyotgan talabalarga mo’ljallangan.

   Tadqiqot F-1-136 "Ilk va o’rta asrlarda yaratilgan turkiy hujjatlarning o’zbek davlatchiligi tarixidagi o’rni (diplomatika, sfragistika, paleografiya va matn interpretastiyasi masalalari)" mavzuidagi ilmiy tadqiqot granti doirasida yozilgan.

2017-03-16 10:13:55 | ko'rishlar soni: 1776 | Yuklab olindi: 593-marta

   Xitoy adabiyotidan tayyorlangan mazkur xrestomatiya IDT-1-144 "O'zbek adabiyoti namunalanni sharq tillanga tarjima qilishning nazariy va amaliy masalalari" nomli loyiha doirasida amalga oshirilgan. Xrestomatiyada Pu Sunglingning o'n ikkita novellasining tarjimalari berilgan. Mazkur kitobdan bakalvrning filologiya va tillarni oqitish hamda tarjima nazariyasi va amaliyoti ta'lim yo'nalishlari talabalari “Xitoy adabiyoti” fanida, magistratura bosqichida ta'lim olayotgan magistrlar “O'rta asr xitoy novellistikasi” nomli tanlov fan doirasida, akademik litsey o'quvchilari, xitoy tili va adabiyoti o'qituvchilari va boshqa xitoy tilini mustaqil o'rganuvchilar hamda xitoy adabiyoti muxlislari ham foydalanishlari mumkin.

2017-03-16 09:41:20 | ko'rishlar soni: 2177 | Yuklab olindi: 1062-marta

   Ushbu qo'llanma Toshkent davlat sharqshunoslik instituti "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" bakalavriat yo'nalishi 4-kurs talabalari uchun "Amaliy tarjima" fani o'quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, unda badiiy tarjima bilan bog'liq masalalar qamrab olingan. Qo'llanma badiiy tarjimaning eng muhim muammolari, asosiy prinsiplari, talab-qoidalari, usullari haqida muxtasar ma'lumot berishga yo'naltirilganligi uchun undan magistratura mutaxassisligida o'qitiladigan tarjimashunoslik va tar­jima mahorati bilan bog'liq fanlarni o'qitishda ham foydalanish mumkin. Qo'llanma ToshDSHIda bajarilayotgan ITD-1-144 "O'zbek adabiyoti namunalarini sharq tillariga tarjima qilishning nazariy va amaliy masalalari" mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida yaratildi.

2017-03-06 15:12:14 | ko'rishlar soni: 1848 | Yuklab olindi: 864-marta

   "Turk adabiyoti (XIII-XVIII asrlar)" monografik tadqiqotda turk mumtoz adabiyoti tarixida o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan ijodkorlar haqida fikr yuritiladi. O’rta asrlar turk adabiyoti o’quv qo’llanmasi ilk bor yaratilayotgani uchun, muallif qisqacha turk xalq adabiyoti haqida ham ma’lumot beradi. Ushbu monografik tadqiqot Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan F-1-139 «Sharq xalqlari adabiyoti tarixi va janrlar tipologiyasi» nomli ilmiy-tadqiqot loyiҳasi asosida tayyorlandi.

2017-03-06 15:01:56 | ko'rishlar soni: 2689 | Yuklab olindi: 813-marta