Yangi kitoblar

 

   Shaxmat bo'yicha ikki tilli ushbu so'zlashgich barcha yoshdagi bolalar va shaxmatga qiziquvchilarga mo'ljallangan bo'lib, inglizcha iboralar o'zbek lotin alifbosida berilgan.

   So'zlashgich tarkibiga kirgan barcha so'z va so'z birikmalariga, dialoglar sportning shaxmat sohasi vakillariga xalqaro musobaqa qatnashchilari bilan aloqa o'rnatishda foydalanish imkonini beradi.

2017-10-18 10:25:23 | ko'rishlar soni: 1703 | Yuklab olindi: 736-marta

   Ushbu darslik 5120100 - Filologiya va tillami o'qitish (xitoy tili), 5120700-Jahon siyosati (Xitoy Xalq Respublikasi), 5231000 - Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Xitoy Xalq Respublikasi) yo'nalishlari bo'yicha ta'lim oluvchi talabalar uchun mo'ljallangan. Shu bilan birga mazkur kitob xitoy tilini mahsus kurslarda va mustaqil ravishda o'rganuvchilar uchun ham qimmatli manba bo'lishi mumkin.

   Har bir darsda mavzular bo'yicha suhbat, yangi so'zlar, grammatik izohlar, so'z va so'z iboralarini mustahkamlashga qaratilgan bir qancha mashqlar berilgan.

   Darslik Toshkent davlat sharqshunoslik instituti O'quv-uslubiy kengashida muhokama etilgan va nashrga tavsiya etilgan.

2017-10-18 10:15:05 | ko'rishlar soni: 2102 | Yuklab olindi: 724-marta

  Darslik xitoy tili filologiyasi fanidan O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlari uchun qabul qilingan davlat standartlariga muvofiq ilmiy-texnika dasturlar doirasida YoF-8-08- "Xitoy tili" loyihasi bo'yicha yaratilgan.

  Har bir dars nazariy va amaliy qismlarga bo'lingan. Darslarni nazariy qismida xi­toy tili grammatikasining morfologiya va sintaksisiga tegishli ma'lumotlar berilgan. Darslarni amaliy qismida esa har bir mavzuni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar to'plami keltirilgan.

  "Xitoy tili grammatikasi" Toshkent davlat sharqshunoslik instituti "Xitoyshunoslik" fakulteti o'quv-uslubiy kengashining 2017 yil 20-apreldagi 9-sonli qarori bilan xitoy filologiyasi mutaxassisligi sohasida bakalavriatura va magistraturada tahsil olayotgan talabalar uchun darslik sifatida nashrga tavsiya etilgan.

2017-10-18 10:05:57 | ko'rishlar soni: 7788 | Yuklab olindi: 2873-marta

Ushbu qo’llanmada inglizcha ilmiy-texnik va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni gapning grammatik tahlili asosida tarjima qilish qonun-qoidalari bayon qilingan. Ulardan ingliz tili darslarida gapning grammatik tahlili va tarjimaning grammatik tamoyillari ҳaqida to’liq ma’lumot olish mumkin.

Qo’llanma tarjimonlarga, ingliz tili o’qituvchilariga, ingliz tilini o’rganayotgan bakalavriat, magistrant, doktorantlarga, inglizcha matnlar tarjimasi bilan shug’ullanuvchilarga, tarjima ilmi va amaliyoti masalalari bilan qiziquvchilarga mo’ljallangan.

2017-06-08 11:22:50 | ko'rishlar soni: 1568 | Yuklab olindi: 518-marta

   Oliy va o 'rta maxsus ta 'lim vazirligi huzuridagi O'zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo'yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markazi xulosasi hamda Oliy va o 'rta maxsus ta 'limi vazirligi qoshidagi "Gumanitar fanlar ta lim yo 'nalishi" bo 'yicha o 'quv-uslubiy komissiyasi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.

2017-05-19 09:04:40 | ko'rishlar soni: 2102 | Yuklab olindi: 1018-marta

   ITD - 1-144 “O'zbek adabiyoti namunalarini sharq tillariga tarjima qilishning nazariy va amaliy masalalari” ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida tayyorlangan ushbu tarjima to'plamidan o'zbek hikoyalaridan namunalar o'rin olgan. Tarjimalarni tayyorlashda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" yo'nalishida tahsil olayotgari talabalar, ilmiy-tadqiqot ishlari va badiiy tarjima bilan shug'ullanib kelayotgan mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etgan.

2017-04-10 10:42:29 | ko'rishlar soni: 1985 | Yuklab olindi: 555-marta

   Mazkur monografiyada o’zbek eronshunosligida zamonaviy hikoyaning vujudga kelishi va shakllanish omillari ilk bor kompleks ko’rinishda tadqiq qilingan. XX asr so’nggi choragidan boshlab hozirgi kungacha bo’lgan davr hikoyanavisligini o’z ichiga olgan mazkur monografiyada bu davrda yashab ijod etgan va etayotgan yozuvchilar, yaratilgan hikoyalar, hikoya janrining turlari, adabiy jarayonlardagi o’zgarishlar aks etgan bo’lib, yigirmadan ortiq hozirgi zamon Eron yozuvchilari hikoyalarida an’ana va novatorlik masalasi, ijodiy ta’sir masalalari aniqlangan. Eron hikoyanavisligida muhojirlik adabiyotining o’rni ham ilk bor tadqiq qilingan.

2017-04-10 10:34:29 | ko'rishlar soni: 1700 | Yuklab olindi: 604-marta

   Ushbu to’plam ITD-1-144 "O’zbek adabiyoti namunalarini sharq tillariga tarjima qilishning nazariy va amaliy masalalari" ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida tayyorlangan. Unda etuk olimlar, ilmiy izlanuvchilar, magistr va talabalarning tarjimashunoslikning dolzarb masalalariga bag’ishlangan ilmiy maqolalari jamlangan. Mazkur to’plam maqolalar to’plamining 2-qismi bo’lib, undan tarjima nazariyasi va amaliyoti ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar, ushbu mutaxassislik bo’yicha tadqiqot olib borayotgan magistrantlar, stajyor-tadqiqotchilar, shuningdek, tarjima bilan shug’ullanuvchi har kim foydalanishi mumkin.

2017-03-23 10:07:26 | ko'rishlar soni: 1644 | Yuklab olindi: 522-marta

   Ushbu kitobda turkiy hujjatchilikning ildizlari. atamalar tizimi, uning kelib chiqishi va tarixiy takomili. hujjatlarning bir turi bo’lmish vasiqalarning tuzilishi, matn komponentlarining berilish usuli to’g’risida so’z boradi. Shuningdek, kitobda qadimgi turkiy vasiqalar matni ҳamda ularning ilmiy interpretastiyasi keltirilgan.

   Kitob manbashunoslar, filologlar, tarixchilar va ayni ilmiy yo’nalishda izlanish olib borayotgan yosh mutaxassislarga mo’ljallangan.

   Monografiya F-1-136 "Ilk va o’rta asrlarda yaratilgan turkiy hujjatlarning o’zbek davlatchiligi tarixidagi o’rni (diplomatika, sfragistika, paleografiya va matn interpretastiyasi masalalari)" mavzuidagi ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida yozildi.

2017-03-23 09:56:20 | ko'rishlar soni: 3103 | Yuklab olindi: 1021-marta

   ITD-1-144 “O'zbek adahiyoti namunalarini sharq tillariga tarji­ma qiiishning nazariy va amaiiy masalalari” ilmiy - tadqiqot loyihasi doirasida tayyorlangan ushbu tarjima to'plamida o'zbek xalq ertaklaridan namunalar o'rin olgan. Tarjimalarni tayyorlashda Toshkent davlat sharqshunoslik instirutining xitoy filologiyasi kafedrasi ustozlari hamda mazkur yo'nalishda tahsil olayotgan magistr, talabalar, ilmiy-tadqiqot ishlari va badiiy tarjima bilan shug'ullanib kelayotgan mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etdilar. To'plamdan xitoy tili darslarida xristomatiya sifatida foydalanish mumkin. Shu bilan birga o’zbek adabiyoti bilan qiziqqan xitoy tilida so'zlashuvchi do'stlarimiz ham endilikda o’zbek xalq ertaklarini o'z ona tillarida o'qish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

2017-03-16 15:22:05 | ko'rishlar soni: 1851 | Yuklab olindi: 660-marta