Yangi kitoblar

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining nizomlari: Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizom, Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom, Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom, Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom, Ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizom.

O‘zbekiston Respublikasi OAK Rayosatining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

2019-02-04 10:54:18 | ko'rishlar soni: 1050 | Yuklab olindi: 397-marta

Proquest - malumotlar bazasi kirib, o'zingizga kerakli ilmiy ishlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Ilova qilingan taqdimotda ma'lumotlar bazasidan foydalanish bo'yicha  qisqacha malumot berilgan.

https://search.proquest.com/

2018-12-20 10:50:09 | ko'rishlar soni: 1473 | Yuklab olindi: 520-marta

Kitobda islom dinining tinchlikparvarlik, bagrikenglik mohiyati, diniy mutaassiblik, ekstremizm hamda terrorizmning salbiy jihatlari keng qamrovli ma’lumotlar va dalillar asosida yoritilgan. Shuningdek, sof islomiy tushunchalarning sog`lom va ma’rifiy mazmunlari hamda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan diniy-ekstremistik harakatlar tomonidan islom asoslarining g`arazli maqsadlarda buzib talqin qilinishi muqaddas dinimiz mohiyatiga butkul zid ekani Qur’oni karim oyatlari, hadislar, mashhur ulamolarning fikrlariga tayangan holda ochib berilgan.

2018-11-05 15:24:17 | ko'rishlar soni: 2274 | Yuklab olindi: 559-marta

Mazkur monografik tadqiqotda zamonaviy fors romanchiligining manbalari, takomil bosqichlari, bugungi kundagi holati haqida ilmiy-nazariy izlanishlar aks etgan. Shuningdek, badiiy adabiyot rivojidagi turli bosqichlarning o‘ziga xos xususiyatlari va adabiy jarayonlarni yoritish asnosida bugungi kunda Eron adabiyotining peshqadam janri bo‘lgan romanchilik tarixi va yozuvchilar ijodi adabiy-badiiy tahlil etilgan.

 

2018-11-05 12:55:59 | ko'rishlar soni: 1125 | Yuklab olindi: 439-marta

Yevropa Komissiyasi Eramus+ dasturining IMEP 561624-EPP-1-2015-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERAMUS+CBHE  “O‘zbekistonda oliy ta`lim jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan

TAVSIYALAR

 

2018-09-19 15:55:38 | ko'rishlar soni: 1310 | Yuklab olindi: 518-marta

Ushbu kitobda XIV-XV yuzyilliklarda bitilgan turkiy yorliqlar diplomatikasi, ularning matn komponentlari va tuzilishi masalalariga e’tibor qaratiladi.

Kitob tarixchilar, filologlar va ayni yo‘nalishda o‘qiyotgan talabalarga mo‘ljallangan.

Monografiya F-1-136 “Ilk va o‘rta asrlarda yaratilgan turkiy hujjatlarning o‘zbek davlatchiligi tarixidagi o‘rni (diplomatika, sfragistika, paleografiya va matn interpretatsiyasi masalalari)” mavzuidagi ilmiy tadqiqot granti doirasida yozildi.

2018-08-09 15:46:29 | ko'rishlar soni: 1151 | Yuklab olindi: 438-marta

Ushbu kitobda o`quvchi Buyuk Britaniya va AQSHning tarixi, madaniyati, geografik tuzilishi, davlat tizimi, ta`lim tizimi va boshqa ma`lumotlarga ega bo`ladi. Qo`llanmada berilgan mashqlarni bajarish orqali o`z bilimlarini sinab ko`rishlari mumkin.

В настоящем учебном пособии читатель может ознакомиться с историей, культурой, географическим расположением, государственным строем, системой образования Великобритании и США. Выполнения упражнений, можно проверить свои знания по темам, представленных в данной книге.

A reader of the book is acquainted with the History, Geography, Culture, State System, Educational System and other information about Great Britain and USA. In order to check up knowledge about the texts a reader may do exercises given in this book.

2018-07-02 14:49:40 | ko'rishlar soni: 1329 | Yuklab olindi: 448-marta

Mazkur darslik pedagogika oliy o'quv yurtlarining 5111700-Boshlang'ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish bakalavr ta'lim yo'nalishi talabalari uchun yaratilgan bo'lib, unda mazkur fanning o'quv va ishchi fan dasturidagi ma'ruza va amaliy mashg'ulot mavzular mazmuni ta'lim texnologiyasi asosida tayyorlangan.

Darslikda har bir nazariy, amaliy mashg'ulotlarning mavzusi, unga tayyorlanish jarayonidatalaba bajarishi lozim bo'lgan topshiriqlar, metodik ko'rsatmalar va eng muhim nazariy manbalar keltirilgan. Ushbu darslik 3ta bobdan iborat bo'lib, I-bobda mehnat ta'limining maqsad, vazifalari, mazmuni, shakl va metodlari nazariy bilimlar asosida ochib berilgan. II-bobda mehnat ta'limining dars turlari, o'qitish usullari unga qo'yiladigan talablar yoritilgan. III-bobda, hamda boshlang'ich sinflarda o'tiladigan dars ishlanmalari va ko'rgazmalardan foydalanish usullari ko'rsatilgan.

2018-06-07 10:03:38 | ko'rishlar soni: 2614 | Yuklab olindi: 1708-marta

Alter Ego est une me`thode de français sur quatre niveaux destinée à des apprenants adultes ou grands adolescents. Alter Ego couvre les niveaux A1 à B2 du Cadre européen commun de référence pour les langues (CECR).

Alter Ego 1 s'adresse à des débutants et vise I'acquisition des compétences décrites dans les niveaux A1 et A2 (en partie) du CECR,

dans un parcours de 120 heures d'activités d'enseignement/apprentissage et de tàches d'évaluation. II permet de se présenter au nouveau

DELF A1.

2018-06-05 11:01:43 | ko'rishlar soni: 1040 | Yuklab olindi: 365-marta

Qo‘llanmada bugungi kunda dunyoda keng tarqalgan va musulmon jamiyatlarini ham chetlab o‘tmayotgan diniylik va dunyoviylik o‘rtasidagi mutanosiblik, imon va kufr tushunchalarining talqini, islom va san’at, «ommaviy madaniyat», tariqatchilik borasidagi mulohazalar, ijtimoiy odoblar va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish yo‘l-yo‘riqlari, shuningdek, islomda iqtisodiy jarayonlar kabi masalalarga Qur’oni karim, hadisi shariflar va islom olamida e’tirof etilgan zabardast olimlarning ijtihod va fatvolariga tayanilgan holda to‘xtalib o‘tilgan.

Toshkent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari tomonidan «Jaholatga qarshi ma’rifat» turkumida tayyorlangan mazkur qo‘llanma keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

2018-05-30 11:00:51 | ko'rishlar soni: 1262 | Yuklab olindi: 422-marta