Yangi kitoblar

 

Ushbu metodik qo’llanmada baholash nazariyasi (testologiya, pedagogik o'lchovlar) fanining asosiy tushunchalari, tamoyillari, qonuniyatlari izchil bayon qilingan. Har bir tushunchaning mohiyatini ochib berishga hamda qo'llanilish holatlariga misollar keltirishga alohida e'tibor qaratilgan.

Kitob ta'lim sohasida faoliyat olib borayotgan pedagoglar va testolog mutaxassislar, pedagogika yo'nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar, malaka oshirish institutlari tinglovchilari, shuningdek, sohaga qiziquvchi keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan.

2021-04-15 15:55:36 | ko'rishlar soni: 8845 | Yuklab olindi: 4358-marta

Monografiyada o‘zbek oilalarida kasbiy ijtimoiylashuvning shakllanishi va rivojlanishi, pedagogik asoslari, kasbiy ijtimoiylashuvni ta’minlash shart-sharoitlari, pedagogik tizim samaradorligi, kasbiy ijtimoiylashuvni ta’minlashning darajalari va mezonlari haqida so‘z yuritiladi. Mazkur monografiya pedagogika fanlari bo‘yicha mutaxassislarga, ilmiy-tadqiqotchilarga, bakalavr va magistrantlarga mo‘ljallangan.

2021-02-18 16:38:52 | ko'rishlar soni: 748 | Yuklab olindi: 360-marta

Theoretical aspects of target language: Stylistics and text interpretation is a book of practice which can be used alongside or after the theoretical course of English Stylistics. It aims to help students acquire and use the knowledge and techniques necessary for the stylistic analysis of a text, i.e. find and interpret language structure, which carry some additional information of the emotive, logical or evaluative types, all serving to enrich deepen and clarify the text.

The book is divided into four parts, each one containing a brief theoretical survey, questions checking the students' comprehension and exercises.

O'rganilayotgan til nazariy aspektlariStilistika va matn tahlili o'quv qo'llanmasi ingliz tili stilistikasini o'qitish jarayonida talabalar bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishga mo'ljallangan. Matn tahlili jarayonida talabalarga kerak bo'ladigan ko'nikmalarni til strukturasini izohlash orqali matnni boyitishga xizmat qiluvchi emotsional, mantiqiy va kontekstual ma'nolarni ajrata olish va qo'llay olishni o'rgatishga xizmat qiladi.

2021-02-18 16:30:38 | ko'rishlar soni: 767 | Yuklab olindi: 332-marta

The manual on Country study is aimed to develop the knowledge and professional competences of English language learners, including philology students. Students are introduced to the culture, geography, history, literature, customs and traditions, and political system of the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland, the United States of America and other English-speaking countries.

Mamlakatshunoslik fanidan yaratilgan ushbu o'quv qo'llanma ingliz tilini o'rganuvchilar, jumladan, filologiya yo'nalishidagi talabalarning bilimlarini, kasbiy kompetensiyasini shakllantirishga mo'ljallangan. Talabalarni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya, Amerika Qo'shma Shtatlari va boshqa ingliz tilida so'zlashadigan geografiyasi, tarixi, ta'lim tizimi, madaniyati, urf-odatlari, adabiyoti hamda siyosiy tizimi bilan tanishtirish uchun mo'ljallangan.

2021-02-18 16:26:32 | ko'rishlar soni: 1282 | Yuklab olindi: 651-marta

Mazkur o'quv qo'llanmada jahon tilshunosligi tarixining bosib o'tgan taraqqiyot bosqichlari, tilshunoslik maktablari, til va nutq birliklari, tilshunoslik metodlari haqida fikr yuritildi. Umumiy tilshunoslik fanining nazariy asoslari va mexanizmlari yoritilgan bo'lib, u 5120100-filologiya va tillarni o'qitish bakalavriat ta'lim yo'nalishining "Umumiy tilshunoslik" fanidan o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etiladi.

The course is devoted to the stages of development of world linguistics, language schools, language and speech units and linguistic methods. The textbook describes the theoretical foundations and mechanisms of general linguistics and it is recommended as a textbook for "General Linguistiks" in the bachelor course of Philology and language teaching - 5120100.

2020-11-10 11:49:50 | ko'rishlar soni: 1958 | Yuklab olindi: 1141-marta

Dasturda Cho'lpon hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. Uning qismlarida kelayotgan Cho'lpon hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar aniq manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, Cho'lpon ilgari surgan g'oyalarni talaba-yoshlarga sodda va tushunarli qilib yetkazish maqsadida jadidchilik harakatining asosiy nuqtalariga murojaat qilinib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy istiqlol g'oyasi bilan hamohang jihatlarni singdirishga harakat qilindi.

2020-09-25 14:44:34 | ko'rishlar soni: 768 | Yuklab olindi: 296-marta

 O‘quv qo‘llanma №ITD-1, A-1-219 "Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalary (CEFR) bo‘yicha C1, darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish" nomli amaliy loyiha doirasida bajarilgan.

O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti Ilmiy-metodik kengashining 2017 yil 11apreldagi 5-sonli bayonnomasi

O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti Ilmiy kengashining 2017   maydagi    bayonnomasi bilan tasdiqlangan va nashrga tavsiya etilgan

This manual is recommended to be used by the first year students of the philological faculties. The course-book presents different kinds of exercises and authentic materials for developing writing skills of the students.

Mazkur o`quv qo`llanma filologik yo`nalishda tehsil olayotgan birinchi bosqich talabalar uchun mo`ljallangan. O`quv qo`llanma talabalarning yozish ko`nikmasini rivojlantirish uchun qaratilgan har xil mashqlar va autenlik materiallarni o`z ichiga oladi.

2020-07-02 10:35:15 | ko'rishlar soni: 876 | Yuklab olindi: 365-marta

Mazkur darslik bakalavriatura va magistratura talabalariga hozirgi zamon ingliz tili morfologiyasi va sintaksisining eng muhim masalalarini etakchi tamoyillar va metodlarni qo‘llash yo‘li bilan tahlil qilishga, o‘rgatishga bag`ishlangan. Alohida e’tibor grammatik hodisalarni eng so‘nggi metodlaridan foydalanilgan holda tasvirlash masalasiga qaratilgan. Darslik OTMlar ingliz filologiyasi yo‘nalishi, bakalavriatura, magistratura bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan.

The present textbook is aimed at analyzing the English morphology and syntax using the leading principles and methods of present day linguistics. A special attention is paid to the systemic description of grammatical structures and phenomena applying the latest methods of investigation. The course book is recommended for the Bachelor`s and Master`s Degree students of the Universities which train English language teachers.

2020-01-28 17:25:39 | ko'rishlar soni: 2267 | Yuklab olindi: 1071-marta

“Informatika va axborot texnologiyalari” o'quv fani bo'yicha ta'lim texnologiyasi ma'ruza, amaliy hamda laboratoriya mashg'ulotlari asosida ishlab chiqilgan.

 Mazkur qo’llanma kirish, ta'lim texnologiyasining konseptual asoslari,  ma'ruza va amaliy mashg’ulotlarda o'qitish texnologiyalaridan tarkib topgan.

Ta'lim texnologiyasining konseptual asoslari bo'limida “Informatika va axborot texnologiyalari” o'quv kursini o'qitishning dolzarbligiga asoslangan, mazkur kursning tuzilmasi keltirilgan hamda kurs bo'yicha o'qitishning mazmuni ochib berilgan. Shu bilan birga, o'qitish, kommunikatsiya, axborot va ta'lim jarayonini boshqarish usullari va vositalarining konseptual asoslari yoritilgan.

2019-12-23 12:39:25 | ko'rishlar soni: 2143 | Yuklab olindi: 822-marta

Eshqobil Vali. Shohona bog`. Yevropa nasriy adabiyoti antologiyasi

Mazkur kitobda yaratilish o‘rniga ko‘ra ilg‘or Yevropa madaniy-adabiy xaritasining turli meridianlarida ma’lum va mashhur bo‘lgan adiblar asarlari tarjimalari jamlangan. Ularni vatanparvarlik, urush va tinchlik, muhabbat va xiyonat, inson yolg‘izligi, tabiat, ijod ruhiyati kabi umumbashariy mavzu va g‘oyalardan tashqari, tarjimon shaxsi va mahorati ham birlashtiradi.

Asarlar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

2019-12-06 11:14:30 | ko'rishlar soni: 851 | Yuklab olindi: 362-marta