Yangi kitoblar

 

Alter Ego est une me`thode de français sur quatre niveaux destinée à des apprenants adultes ou grands adolescents. Alter Ego couvre les niveaux A1 à B2 du Cadre européen commun de référence pour les langues (CECR).

Alter Ego 1 s'adresse à des débutants et vise I'acquisition des compétences décrites dans les niveaux A1 et A2 (en partie) du CECR,

dans un parcours de 120 heures d'activités d'enseignement/apprentissage et de tàches d'évaluation. II permet de se présenter au nouveau

DELF A1.

2018-06-05 11:01:43 | ko'rishlar soni: 259 | Yuklab olindi: 49-marta

Qo‘llanmada bugungi kunda dunyoda keng tarqalgan va musulmon jamiyatlarini ham chetlab o‘tmayotgan diniylik va dunyoviylik o‘rtasidagi mutanosiblik, imon va kufr tushunchalarining talqini, islom va san’at, «ommaviy madaniyat», tariqatchilik borasidagi mulohazalar, ijtimoiy odoblar va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish yo‘l-yo‘riqlari, shuningdek, islomda iqtisodiy jarayonlar kabi masalalarga Qur’oni karim, hadisi shariflar va islom olamida e’tirof etilgan zabardast olimlarning ijtihod va fatvolariga tayanilgan holda to‘xtalib o‘tilgan.

Toshkent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari tomonidan «Jaholatga qarshi ma’rifat» turkumida tayyorlangan mazkur qo‘llanma keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

2018-05-30 11:00:51 | ko'rishlar soni: 335 | Yuklab olindi: 76-marta

Ushbu qo’llanmada Yaqin, O’rta va Uzoq Sharq mamlakatlari: Misr, Ossuriya, Bobil, Eron, Turkiya, Movarounnahr, Shimoliy Hindiston, Pokiston, Xitoy va Yaponiyaning qadimgi va o’rta asrlardagi, shuningdek, zamonaviy bog’-park san’ati keng bayon etilgan, O’rta Osiyoning Amir Temur va temuriylar davri bog’-saroylari Shimoliy Hindistondagi Bobur va boburiylar davri bog’-parklari bilan qiyoslangan. «Chorbog’» uslubidagi O’rta Sharq mamlakatlari va O’rta Osiyo bog’lariga keng tavsif berilgan.

Qo’llanmada asosiy e’tibor temuriylar davri bog’-park san’atining muhim yodgorliklari tahliliga qaratilgan bo’lib, uning mintaqaviy bog’-park san’ati «maktablariga» ta’siri, bu sohadagi turg’un qadriyatlar va barqaror yo’nalishlar aniqlanib, maktablarning o’xshashlik va farq qiluvchi tomonlari ochib berilgan.

Mualliflar o’z fikrlari orqali mo’jizakor bog’-park san’atining badiiy ifodalanish jarayoni va tadrijiy rivojlanishi haqidagi taassurotlarini keng yoritib berishga harakat qilganlar. Ular mazkur masalalarni to’liq izohlashga emas, balki arxitektura dunyosining murakkab ochiq yashil muhitlari, landshaft arxitekturasining bog’-park san’ati obyektlarini hayotiy jonli misollar va rangli rasmlarda yoritib berganlar.

Qo'llanma «Arxitektura», «Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish» va «Landshaftlar arxitekturasi» ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tahsil oluvchi bakalavr va magistrantlar, yosh olimlar, loyihachi arxitektorlar hamda bog’-park san’ati tarixiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.

2018-05-01 15:11:35 | ko'rishlar soni: 405 | Yuklab olindi: 83-marta

Данное учебное пособие рассчитано на студентов русской фило­логии, обучающихся по направлению: 5120100 - Филология и обучение языкам (русский язык).

Воспитание интеллектуально развитого молодого поколения, подготовка квалифицированных кадров с высокой духовностью являются одним из приоритетных направлений проводимой нашим государством образовательной политики. Для реализации задач эффективной интеграции науки и образования, определенных в Национальной программе по подготовке кадров, существует нас­тоятельная потребность в учебной литературе нового поколения.

«Филологический анализ художественного текста» является одной из дисциплин специального цикла, которые обеспечивают профессиональную подготовку высококвалифицированных филоло­гов-русистов на уровне развитых демократических государств.

2018-05-01 14:40:30 | ko'rishlar soni: 276 | Yuklab olindi: 57-marta

Taniqli adib, xalqaro Bobur mukofoti laureati Qamchibek Kenjaning ushbu kitobiga uning yangi yozilgan qissa va hikoyalari, shuningdek, quvnoq hangomalarga boy sayohatnomasi kiritildi. Asarlar qahramonlar muhabbati, taqdiri, ichki kechinmalarining qiziqish va hayajon uyg‘otishi, tilining ravon, shiradorligi bilan kitobxonlarimizga ma’qul bo‘ladi, degan umiddamiz.

2018-04-14 09:44:27 | ko'rishlar soni: 328 | Yuklab olindi: 89-marta

Bxakti adabiyoti o‘rta asrlar Hindiston xalqlari adabiyotining eng katta merosini tashkil etadi. Ushbu monografiya Toshkent davlat sharqshunoslik institutida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan F-1-139 «Sharq xalqlari adabiyoti tarixi va janrlar tipologiyasi» nomli ilmiy-tadqiqot loyihasi asosida tayyorlandi.   Monografiyada    o‘zbek sharqshunosligida ilk bor Boburiylar davridagi bxakt shoirlar ijodi misolida bxakti adabiyotini har tomonlama o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan.

Mazkur kitob filologiya yo‘nalishi bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borayotgan adabiyotshunoslar, shu bilan bir qatorda keng kitobxonlar ommasi uchun ilmiy-adabiy va ma’naviy-estetik ma’lumot beruvchi manba sifatida xizmat qiladi.

2018-03-14 15:40:47 | ko'rishlar soni: 352 | Yuklab olindi: 120-marta

Ushbu monografik tadqiqot ToshDSHIda bajarilayotgan ITD-1-144 "O‘zbek adabiyoti namunalarini sharq tillariga tarjima qilishning nazariy va amaliy masalalari" mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida tayyorlangan. Tadqiqotning asosiy natijalari va xulosalaridan "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" yo‘nalishi talabalari va "Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar bo‘yicha)" mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan magistrantlar foydalanishi mumkin. Badiiy tarjima qonuniyatlari va prinsiplari barcha tillar uchun umumiy va mushtarak ekanligi hisobga olinsa, mazkur monografiya nafaqat o‘zbek tilidan turk tiliga, balki boshqa tillar orasida badiiy tarjima bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.

2018-03-14 15:14:52 | ko'rishlar soni: 383 | Yuklab olindi: 84-marta

English - Uzbek - Arabic  dictionary  in pictures.  Inglizcha-o`zbekcha-arabcha rasmli lug`at. Samarqand: SamDCHTI  nashr-matbaa markazi, 2015. -48 bet

Tuzuvchi: SamDCHTI 4-bosqich talabasi Isayeva Madina.

SamDCHTI professori, doktor Muhammad Abdulhamid Hammam tahriri ostida.

Lug`atda ingliz alifbosi ketma-ketligi bo`yicha rasmlar orqali so`zlarni tarjimalari keltirib o`tilgan.

2018-03-02 16:08:23 | ko'rishlar soni: 428 | Yuklab olindi: 115-marta

“Panjob adabiyoti” o’quv qo’llanmasi Shimoliy Hindiston adabiyotlaridan biri - panjob adabiyotining qadimgi davrlardan hozirgi zamongacha bo’lgan davrini o’z ichiga oladi va asosan, magistratura yo’nalishida o’rganiladi.

U O’zbekiston bilan adabiy aloqalar rivojida muhim o’rin tutgan bo’lib, 1958 yildan boshlab rivojlanib kelmoqda hamda panjob adabiyoti va madaniyatining milliy o’ziga xosligini tushunib olishga yordam beruvchi birinchi qadam hisoblanadi.

Ushbu o’quv qo’llanma Toshkent davlat sharqshunoslik institutida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan F-l-139 «Sharq xalqlari adabiyoti tarixi va janrlar tipologiyasi» nomli ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida tayyorlandi.

2018-02-23 15:45:16 | ko'rishlar soni: 284 | Yuklab olindi: 65-marta

   A Naughty Boy. Gafur Gulom/ Translators: I.M. Tukhtasinov,  U.R.Yoldoshev. - Tashkent: Yangi asr avlodi, 2017. -128 pages

 Gafur Gulom (1903-1966) is one of great writers and poets in Uzbek literature. He was born in Tashkent city on May 10, 1903. His parents died when he was a teenager. The story “A Naughty Boy” is about his childhood. The writer described hard times of that peiod, the effect of the war in ordinary people's social life. Travelling through the villages by the main character of this story on the pur­pose of earning money gave the opportunity to feel the hard time in life at the period of the war. Gafur Gulom used the genre satire in decribing these feaqtures of the story.

2018-02-03 13:27:52 | ko'rishlar soni: 605 | Yuklab olindi: 218-marta