Kitob javoni

 

   Ushbu o’quv-uslubiy majmua – davlat ta’lim standarti va fan dasturida belgilangan, talabalar tomonidan egallanishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, o’quv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o’rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojantirishga yo’naltirilgan o’quv-uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta’lim resurslari, o’qitish texnologiyasi, baholash mezonlarini o’z ichiga oladi.

2016-08-05 15:13:37 | ko'rishlar soni: 3624 | Yuklab olindi: 2050-marta

   Ushbu o’quv-uslubiy majmua Yevropa Kengashining ―Chet tilini egallash Umumevropa kompetensiyalari:o’rganish, o’qitish va baholash to’g’risidagi xujjatida til egallashga qo’yiladigan talablar va mezonlar e’tiborga olingan holda tayyorlangan.

   O’quv-uslubiy majmua zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida nutq malakalari yozuv orqali talabalarni ingliz tilida nutqini o'stirish ko’zda tutilgan. O’quv-uslubiy majmua xorijiy til va adabiyot yo’nalishida tahsil oluvchi 1 bosqich talabalari uchun jami 152 soat amaliy mashg’ulot uchun mo’ljalangan.

2016-08-05 15:03:29 | ko'rishlar soni: 4786 | Yuklab olindi: 2453-marta

   O‘quv-uslubiy majmua chet tillar institutlari talabalari hamda tilshunoslik masalalari bilan qiziquvchi kishilarga mo‘ljallangan.
   O‘quv-uslubiy majmuada tilshunoslik fani shug‘ullanadigan masalalar xususida ma’lumotlar keltiriladi. Bunda tilshunoslikning fonetika, leksikologiya, morfologiya va sintaksis bo‘limlari o‘rganadigan masalalar haqida qisqacha so‘z yuritilishidan tashqari umumiy tilshunoslikka tegishli bo‘lgan tilning paydo bo‘lishi, antik davrlar tilshunosligi, til va tafakkur, yozuv va harf, shuningdek, sotsiolingvistika masalalari xususida ham ilmiy tushunchalar berishga harakat qilindi.

2016-08-05 14:44:32 | ko'rishlar soni: 16556 | Yuklab olindi: 14662-marta

   Данный предмет (Русский язык) входит в первый блок гуманитарных предметов и рассчитан на студентов первого курса обучающихся по всем направлениям бакалавриата. Учебно-методический комплекс составлен на основе государственного образовательного стандарта, типовой и действующей рабочей программы и включает в себя следующие разделы: Введение, Цели и задачи изучения русского языка, Требования к уровню усвоения содержания курса, Связь курса русского языка с другими дисциплинами учебного плана, Место курса русского языка в системе филологического образования, Современные информационные и педагогические технологии в обучении русскому языку, Основная часть рабочей программы (Методическая последовательность предмета), Содержание дисциплины «Русский язык», Календарно-тематический план предмета, Организация самостоятельной работы, Содержание и объем самостоятельных работ студентов, Информационно-методическое обеспечение программы, Рекомендуемая литература.

2016-08-05 14:37:16 | ko'rishlar soni: 9895 | Yuklab olindi: 8523-marta

   Ushbu majmua umumiy tilshunoslik fani uchun tuzilgan bo’lib, undagi materiallar 4-kurslarga mo’ljallangan.
   Respublikamizda ta’lim tizimi va usulining yangilanishida Oliy Majlisning IX sessiyasi katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ning qabul qilinishi bu sohada tub burilish yasadi. An’anaviy o’qitish uslubiga xos talaba o’quv jarayonining oddiy tinglovchi subyekti, o’qituvchi esa axborotni yetkazuvchi faol subyekt sifatida tashkil etilish tamoyilidan «talaba va o’qituvchi o’quv jarayonining faol ishtirokchisi» tamoyiliga o’tdi. Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganlaridek: «… fanning vazifasi kelajagimizning shakl-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo’lishini ko’rsatib berishdan iborat».

2016-08-05 14:26:00 | ko'rishlar soni: 25097 | Yuklab olindi: 23170-marta

   Mazkur «Asosiy o‘rganilayotgan til (arab tili)» fanining o’quv-uslubiy majmuasi Samarqand davlat chet tillar instituti, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti, Arab tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi 1- kursida olib boriladigan mashg’ulotlar uchun mo’ljallangan. Ushbu o’quv-uslubiy majmua barcha mashg’ulotlar uchun tayyorlangan fanning o’quv dasturi, ishchi dasturi, me’yoriy hujjatlari (diskda ilova tarzida), tayanch konspekti amaliy mashg’ulotlar uchun mashg’ulotlar to’plami (diskda ilova tarzida), ta’lim texnologiyalari, talabalar bilimini baholash mezoni, nazorat savollari, test savollari, umumiy savollar, mustaqil ish turlari va mavzulari, fanlarni o’zlashtirish bo’yicha maslahat va tavsiylar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, glossariy haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.

2016-08-05 14:17:54 | ko'rishlar soni: 18474 | Yuklab olindi: 16997-marta

   Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fani mustaqil fan sifatida yangi Davlat o'quv standartlarida ko'rsatilgan o'quv soatlari hajmida o'qitilmoqda. Ekologiya fanini o'qitishning asosiy maqsadi talabalarda ekologik dunyo qarashni shakllantirish, atrof muhitga, tabiatga, uning resurslariga bo'lgan munosabatni tubdan yaxshilash, o'zini keyingi mehnat faoliyatida atrof muhitga oqilona yondashish kabi masalalarni tushinib yetmoqni talab etadi.

  Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fani hozirgi davr ekologiyasining asosiy vazifalari, turli ekologik muammolar haqida to'la ma‘lumot olish va ularni hal qilishda juda qo'l keladi. Fanda ekologiya tarixi, tuproq ekologiyasi, sanoat chiqindilarini tozalash, biosfera ta‘limoti, atrof muhit ekologiyasi masalalari ko'rib chiqiladi.

2016-08-05 14:08:44 | ko'rishlar soni: 19183 | Yuklab olindi: 17530-marta

   «Matn lingvistikasi» fanidan o’quv-uslubiy majmua Samarqand davlat chet tillar instituti «Ingliz tili o’qitish metodikasi va amaliyoti» kafedrasida tayyorlangan. Ushbu majmua o’quv-uslubiy va ma’lumotli hujjatlardan iborat bo’lib, talabalarni ma’ruza, seminar mashg’ulotlarni mustaqil o’rganish bo’yicha o’zlashtirish sifatini oshiradi. Majmua yangi pedagogik texnologiyalari asosida yozilgan. O’quv-uslubiy majmua «Matn lingvistikasi» fanini o’rganuvchi magistratura bosqichi magistrantlari uchun mo’ljallangan.

2016-08-05 13:21:37 | ko'rishlar soni: 4030 | Yuklab olindi: 2414-marta

   Mazkur dasturda ―Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining qonuniyatlari, innovasion texnologiyalar mohiyati va ularni amalga tatbiq etish yo’llari, didaktika sohasiga doir tadqiqotlar metodlari, maxsus fanlarni o’qitishga nisbatan zamonaviy yondashuv, metod va texnologiyalar, nazariy va amaliy mashg’ulotlarni rejalashtirish va tashkil etish, o’quv-uslubiy vositalarni tanlash kabi fan mazmunini tashkil etuvchi masalalar o’z aksini topgan. Ushbu fan doirasida o’rganiladigan bilimlar magistrantlarning kelgusida ta’lim tizimida pedagog sifatida samarali faoliyat yuritishlariga, xususan turli pedagogik va psixologik usullarni tahlil qilish, yangilarini ishlab chiqish va amalda qo’llash, tarbiyaviy ishlarni loyihalashtirish, ta’lim jarayonidagi muammoli vaziyatlarni hal etishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

2016-08-05 13:14:01 | ko'rishlar soni: 2979 | Yuklab olindi: 1586-marta

   Данный Учебно-методический комплекс по английскому языку составлен в соответствии с программой. В нем рассматриваются все виды деятельности направленные на усовершенствование устной и письменной речи. Учебно-методический комплекс по английскому языку состоит из введения, типовой образцовой программы, рабочей программы, разработки поурочных планов, практического материала,раздаточного материала, котрольных заданий, глоссария, плана самостоятельных работ, списка использоаванной литературы и т.д.

2016-08-05 12:19:14 | ko'rishlar soni: 9098 | Yuklab olindi: 7982-marta