Taqdimotlar

 

  • Pedagog o'quvchilar oldida nihoyatda odobli xatti-harakatlarni qilishi, noto'g’ri harakatlardan saqlanishi lozim, aks holda o'qituvchi hurmati keta boshlaydi.
  • Pedagogik nazokat me'yori tuyg’usi o'z o'quvchilari bilan to'g’ri munosabat qoidalariga amal qilishdir.
  • Pedagogik nazokatning asoslari deb, bir qolipdagi fikrlar barqaror tasavvurlar ijtimoiy yo'l-yo'riqlar va shaxsiy xislatlar jamini aytish mumkin, ular o'qituvchinnng o'quvchilar bilan muomalasi sohasidagi xulq-atvorini belgilab beradi. O’qituvchining pedagogik   nazokati mazmuni va uni namoyon bo'lishi shakllarini belgilab beradigan ayrim ijtimoiy yo'l-yo'riqlarni ko'rib chiqamiz.
2017-02-04 09:31:36 | ko'rishlar soni: 862 | Yuklab olindi: 571-marta

   Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri, ishchilarga xavfsiz ish sharoitini yaratib berishdan iboratdir. Xavfsiz ish sharoiti, уa’ni mehnat xavfsizligi – bu ishlab chiqarish sharoitida ishchilarga barcha xavfli va zararli omillar ta’siri bartaraf etilgan mehnat sharoiti holatidir.

   Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar ishlab chiqarish sharoitida ko‘pgina fizik va kimyoviy omillar ta’sirida yuz beradi. Bunday xavfli omillarni yuzaga kelishi texnologik jarayonning xususiyatiga, ish jihozlarining konstruksiyasiga, mehnatni tashkillashtirish darajasiga va shu kabi bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi. Xavfli omillar yuzaga kelish xususiyatiga bog‘liq holda aniq va yashirin bo‘lishi mumkin.

2017-02-04 09:25:50 | ko'rishlar soni: 543 | Yuklab olindi: 282-marta

Koreya bayramlari
Yangi yil kuni
Koreya yangi yili
Mustaqillik kuni
Bolalar kuni
Vesak
Xotira kuni
Liberation day
Mid autumn festival
Gaecheonjeol
Hangul Day
Mavlud

2017-02-04 09:19:51 | ko'rishlar soni: 469 | Yuklab olindi: 231-marta

   Kitoblar zamonlar to‘lqinlarida suzuvchi va o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan avlodlarga avaylab eltuvchi tafakkur kemalaridir. Kitob o‘qish- jamiyatning umumiy saviyasini ko‘taradigan, demak, taraqqiyotga, rivojlanishga xizmat qiladigan muhim omildir. Shuni hisobga olgan holda jannatmakon yurtimizda kitobga muhabbat, e’tibor o‘zgacha. Buyuk mutafakkirlardan biri aytganidek, kitob- sehrgar. Kitob dunyoni qayta qurdi. Unda odamzodning aqli mujassam, u kishilik tafakkurining ustuni. Kitobsiz olam yovvoyilar olamidir. Bugun yoshlar orasida shunday bebaho boylikka bo‘lgan e’tibor qanday? Keling, shu masalada mulohaza yuritib ko‘ramiz. Kitob insoniyat ijodiyotining chinakam hayratlanarli va e’tiborga loyiq ko‘rinishidir. Kitoblarda kechmish, zamonlarning aql-idroki yashaydi, xoki, tuproqlari, tush singari allaqachonlar to‘zg‘ib ketgan odamlarning ovozi burro va aniq yangrab turadi. Insoniyat yaratgan, qayta-qayta o‘ylab ko‘rgan va u erishgan narsalarning bari-xuddi sehrli sandiqdek kitoblar saqifalarida saqlanib qolgan. Ushbu sehrli sandiqlarni ochish va undan foydalanish bugun ko‘ngildagidek emasligi, sir emas.

2017-02-04 09:15:08 | ko'rishlar soni: 562 | Yuklab olindi: 272-marta

   —Internet elektron pochta xizmatiga ega. Elektron pochta nima? Elektron pochta maxsus dastur bulib, uning yordamida Siz dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron adresga turli xat, xujjat, va umuman ixtiyoriy faylni junatishingiz va olishingiz mumkin. Eng asosiysi ma'lumot bir necha dakikada etib boradi. Lekin undan foydalanish uchun Siz maxsus pochta tarmogi yoki Internet tarmogiga boglangan bulishingiz zarur va elektron adresga ega bo'lishingiz kerak. Elektron adresni provayder ochadi. Yoki Internetda bepul elektron pochta xizmatlari mavjud. Ulardan foydalanib, uzingizga elektron adres ochishingiz mumkin. 

 

2017-02-04 09:06:39 | ko'rishlar soni: 1048 | Yuklab olindi: 802-marta

    Hayot faoliyati – bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir.

   Inson hayoti jarayonida uni o’rab turgan borliq muhiti bilan uzluksiz aloqada bo’ladi va shu bilan birga har doim uni o’rab turgan muhitga bog’liq bo’lib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o’zini o’rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bo’lgan ehtiyojini qanoatlantiradi.

   Atrof-muhit – insonni o’rab turgan muhit bo’lib, insonning hayot faoliyatiga, uning sog’ligi va nasliga to’g’ridan to’g’ri, birdan urinma yoki masofadan ta’sir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, ximiyaviy, biologik, informasion, ijtimoiy) shartli yig’indisidir.

2016-04-14 11:28:57 | ko'rishlar soni: 927 | Yuklab olindi: 407-marta

    XVII-XIX asrlarda O’rta Osiyo xonliklarida mavjud siyosiy vaziyatni o’rganishda ularning o’zaro aloqalariga e’tibor qaratish lozim. Shuningdek, siyosiy o’zgarishlarning xonliklarning iqtisodiy va madaniy hayotida qay darajada aks etganini kuzatib boriladi. Bu borada erishilgan yutuqlar yoki inqiroziy holatlarning sabab va natijalarga alohida to’xtalib o’tish zarur.

   O’rta Osiyo xonliklari tarixini to’g’ri va mazmunli yoritishda uslubiy yondashuvga alohida e’tibor qaratish zarur. Bunda tarixiylik, holislik, haqqoniylik, uzviylik, taqqoslash uslublaridan foydalaniladi. Masalan, uchta xonlikning ma’muriy tizimini o’rganishda, uni hozirgi davrda mavjud ma’muriy bo’linmalar va boshqaruv organlari bilan taqqoslash usuli mavzuning o’zlashtirilishida katta samara beradi.

2016-02-15 15:41:08 | ko'rishlar soni: 1036 | Yuklab olindi: 412-marta

   Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А. Каримовнинг “2011-2015 йилларда ахборот - коммуникация технологиялари асосида ахборот-кутубхона ва ахборот-ресурс хизматларини янада сифатли ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида” ПҚ-1487 сонли қарори асосида Республикамизда биринчилар қаторида институтимизда Электрон кутубхонаси яратилди. Аслида бу жараён 2006 йилдан бери узлуксиз равишда давом эттириб келинаяпти. Ҳозирги пайтда электрон кутубхонанинг жами ресурслари ҳажми 260 Гб га етди ва шундан 131 Гб ҳажмдаги электрон ресурслар кутубхонамизда шакллантирилган.

2016-02-15 15:31:34 | ko'rishlar soni: 813 | Yuklab olindi: 432-marta