Bitiruv malakaviy ishlar

 

Tadqiqot obyekti sifatida K.M.Karomatova va H.S.Karomatovlarning “Proverbs. Maqollar. Пословицы” kitobidagi 2000 ga yaqin ingliz va o’zbek tillaridagi maqollar olindi.

Tadqiqot predmeti esa ingliz va o’zbek tillaridagi maqollarning lingvokulturologik va semantik xususiyatlarini kognitiv, lingovamadaniy va pragmatik jihatdan tadqiq etishdir.

Tadqiqot maqsadi o’zbek va ingliz tillaridagi maqollarning grammatik, semantik, uslubiy yo’sinda ko’plab ilmiy ishlar qilingan bo’lishiga qaramay, ingliz va o’zbek tillaridagi maqollarning lingvokulturologik va semantik xususiyatlari qiyosiy, lingovamadaniy va pragmatik jihatdan hali to’la-to’kis yoritib berilmagan. Shunga ko’ra, mazkur tadqiqotda, ingliz va o’zbek tillaridagi maqollarning lingvokulturologik va semantik xususiyatlarini qiyosiy, lingovamadaniy va mavzuviy jihatdan tadqiq etish asosiy maqsad qilib olindi.

2022-02-05 12:29:45 | ko'rishlar soni: 1524 | Yuklab olindi: 831-marta

Ishning natijalari. Tadqiqod ishi mashhur jahon adabiyoti na’munalaridan biri va uning rus tiliga tarjimasi tahliliga asoslanadi va shu bilan birga transformatsiya va pragmatika, ularning turlari haqida ham talabalarga nazariy bilim beradi. Mazkur ish tarjimada transformatsiya va uning turlari hamda leksik transformatsiyalar haqida ma’lumot beradi. Bundan tashqari tilshunoslikdagi pragmatika tushunchasi, uning fanga kirib kelish qisqacha tarixi hamda shu sohadagi yaratilgan bir nechta asarlar haqida so‘z boradi. Ushbu ish tilshunoslikning pragmatika va transformatsiya sohalarini o‘rganayotgan yoki ilmiy ish olib borayotgan mutaxasislarga boshlang‘ich qo’llanma bo‘lib xizmat qiladi.

Ishning nazariy ahamiyati. Mazkur bitiruv malakaviy ishning nazariy ahamiyati transformatsiya orqali qilingan tarjimaning bugunga qadar erishgan yutuqlarini o‘rganish, ularni umumlashtirish, uning istiqboli haqidagi nazariy qarashlarni ilmiy tahlil etishga qaratilgan.

2021-05-06 09:37:33 | ko'rishlar soni: 2133 | Yuklab olindi: 1708-marta

Ingliz va o’zbek tilshunosligida frazeologik birikmalar bo’yicha bir nechta ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishiga qaramay mazkur mavzu ingliz va o’zbek tillarida qiyosiy-tarixiy nuqtai nazardan keng o’rganilmaganligi bilan ajralib turadi. Ingliz tilida frazeologik birikmalarni o’zbek maktablarida o’quvchilarga o’rgatishning lingvodidaktika masalalari bo’yicha olib borilgan ishlar salmog’i ham ozchilikni tashkil etadi. Ushbu malakaviy ish orqali shu kabi muammolarni yechishga harakat qildik. 

Malakaviy ishning metodologik asosi. Frazeologik birikmalarning paydo bo’lish yo’llari va ularning o’zbek tilidagi muqobillarini tadqiq etish usullari mavzusini o’rganishda umumiy tilshunoslik va o’zbek va ingliz tili frazeologiyasi hamda leksikologiyasi bo’yicha mavjud ilmiy tadqiqotlar, xorijiy tilshunos olimlar professor I.V.Arnold, akademik V.V.Vinogradov, professor A.V.Kunin, L.P.Smit, shuningdek o’zbek tilshunos olimlardan professor E.M.Umarxo’jayev, dotsent I.S.Soliyev, Sh.Rahmatullayev, dotsent A.Abduvaliyev, professor S.R.Rahimov  va boshqalarning ilmiy ishlari va asarlari xizmat qildi. 

2021-05-06 09:31:13 | ko'rishlar soni: 1773 | Yuklab olindi: 1355-marta

Mavzuning dolzarbligi. Tarjimada milliy koloritning eng muhim jihatini ifodalaydigan realiyalar hamda boshqa milliy birliklarni tarjima qilish muammolari alohida dolzarb ahamiyatga ega. Xususan, badiiy asarlardagi milliy xususiyatlarni xorijiy tillarga, jumladan o’zbek tilidan ingliz tiliga o’girish ehtiyoji mazkur mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Tarjimashunoslikda milliy xususiyatlar va ularni bir tildan boshqasiga tarjima qilish xususiyatlari borasida bir qator tadqiqotlar yaratilgan. 

Tadqiqot ishida qo’llanilgan uslublar. Tadqiqot ishimizda Alisher Navoiyning katta hajmli Lison ut-tayr asarini ilmiy tadqiq qilishga urundik, shu bois ham milliy xususiyatlar tarjimasida foydalaniladigan hamma usullar – transliteratsiya, transkripsiya, kalkalash, izohlash yo’li bilan tarjima qilish va boshqalardan keng foydalanildik.

2021-02-13 13:49:45 | ko'rishlar soni: 1229 | Yuklab olindi: 764-marta

Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi.  Sinxron tarjima sohasida yurtimizda  bir qator yirik va fundamental tadqiqotlar olib borilgan.  Mazkur tadqiqotlarda sinxron tarjima sohasini yanada kengaytirish, ko’plab yangiliklar yaratish tadqiq etilgan.  Ushbu sohada bir qator olimlar tadqiqot olib borishgan.  L.Visson o’zining izlanishlari natijasida sinxron tarjimaning  xususiyatlarini tadqiq qilib,  keng yoritadi.  Ushbu bitiruv malakaviy   ishi ustida ishlash davomida sinxron tarjimada ingliz tilidagi matnlarda o’zbekcha so’zlarni qo’llash,ya’ni mashqlarni bajarishda bo’sh joy qoldirib,  o’rniga o’zbek tilidagi so’zlarni tarjima qilib qo’yish orqali mashqni bajarish uslubi ustida ishladim.  

2021-02-13 13:00:07 | ko'rishlar soni: 2618 | Yuklab olindi: 1260-marta

Структурно работа подразделяется на три главы, в первой из которых на теоретическом уровне проанализированы и раскрыты особенности англоязычных газетно-информационных текстов и уделено внимание проблеме эквивалентности при их переводе.

Во второй главе рассмотрены средства перевода информационных текстов, большое внимание уделено английской газетной лексике, адекватный перевод которых требует от переводчика понимание национальных реалий англоязычных стран, проанализированы переводческий трансформации. Следует отметить, что в этой главе автор подробно рассмотрел особенности перевода английских заголовков на русский язык что всегда представляло трудность в виду различий в историческом развитии русскоязычных и англоязычных печатных сми.

2020-10-23 16:54:10 | ko'rishlar soni: 1093 | Yuklab olindi: 626-marta

Ma’lumki, hozirga kunda barcha sohalarning muvoffaqiyatli faoliyatida ketma-ket tarjima ham muhim rol o’ynaydi. Shunday ekan, Bahriyev Muhammadning “Ketma-ket tarjima jarayonida yozuvlar tizimi” mavzusida bajargan bitiruv malakaviy ishi ham o’ziga xos dolzarblik kasb etadi. Chunki bevosita tarjima jaronidagi murakkabliklardan biri ketma-ket tarjima jarayonida yozuvlar tizimini to’gri tashkil etsihdir.

Bitiruv malakaviy ish ketma-ket tarjima tarixi, ketma-ket tarjima jarayonida yozuvlar tizimini o’rganishga bag’ishlangan.

Ushbu malakaviy ishning kirish qismida ishning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, o’rganilganlik darajasi, tadqiqot metodlari, ishning nazariy va amaliy ahamiyati hamda tarkibi izchil bayon etilgan.

2020-10-23 16:50:26 | ko'rishlar soni: 1797 | Yuklab olindi: 959-marta

Mazkur bitiruv malakaviy ish atamalarni ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilish usullariga bag’ishlangan bo’lib, bo’lg’usi tarjimonlar uchun juda ahamiyatli mavzu bo’lib xizmat qiladi. Bilamizki ingliz tili atamalarga boy til hisoblanadi. Ushbu atamalarni o’zbek tiliga tarjima qilinayotganda juda ehtiyotkorlik talab etiladi. Tarjimada bir tildan boshqa tilga atamalar ekvivalentini topish biroz qiyinchilik tug’diradi. Tarjima jarayonida bir tilning madaniyatiga oid so’zlarni to’g’ri tanlash juda muhim.

Tadqiqot predmeti tibbiy atamalarni ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilishning usullarini  har jihatdan tadqiq etishdir.

Tadqiqot maqsadi esa ingliz tilining tibbiy terminologik lug'atidagi atamalarning tarkibiy va semantik xususiyatlarini shu bilan birga ularni tarjima qilish xususiyatlarini aniqlash.

2020-10-23 16:46:18 | ko'rishlar soni: 1290 | Yuklab olindi: 822-marta

The theme of the present qualification paper is closely connected with the vocabulary. It is of great importance to emphasize that vocabulary is the most required and enormously paramount feature for learning foreign language, and the aim of researcher is to identify its level of importance in teaching, especially for providing the lesson with the additional information and teaching activity. It shows that vocabulary as one of the most important necessities is considered to be the widely used source for both teaching and studying foreign language. The reason for choosing this topic was to analyze the gravity of vocabulary in teaching process.

As an addition, the given qualification paper also includes the different types of classroom activities. The researcher hopes that the qualification paper would be the step ahead on being conscious in the usage of vocabulary for the teaching process.

2019-10-14 18:04:31 | ko'rishlar soni: 1166 | Yuklab olindi: 568-marta

Abstract

Theme of my final qualification paper is "The Problems of Using Phraseological Units in the Context (on the material of the English language)". The main aim is to give the basis of some features of investigation of defining the role of phraseological units in structuring segments and identifying text-forming functions of verbal and substantive phraseological units within a micro text -super-phrasal unity, basing on the theoretical materials.

2019-08-02 16:24:43 | ko'rishlar soni: 1095 | Yuklab olindi: 484-marta