Muallif: Xoliqova Nilufar

Chop etilgan yil: 2008

Nashriyot: Samarqand davlat chet tillar instituti

Chop etilgan shahar: Samarqand

Ushbu bitiruv malakaviy ishi gapdagi bosh bo’laklardan biri, xususan, kesimni o’rganishga bag’ishlangan. Shuningdek, ingliz tilidagi kesimning ifodalanish usullari va uning gap qurilishidagi semantik xususiyatlari borasida ish olib borilgan. Bitiruv malakaviy ishiga tanlangan mavzuning dolzarbligi shundaki, an’anaviy grammatikada bosh bo’laklar muammosi muhim o’rin egallashi bois, bitiruvchi kesimlarga xos semantik xususiyatlarni ma’lum bir tilshunoslik metodi asosida o’rganishga xarakat kilgan.

Ish ketma-ket izchillik asosida tuzilgan rejaga asoslangan xolda yozilgan. Ya’ni, ishda kirish, asosiy kism va xulosa kismlari mavjud bulib, kirish kismida bosh bulaklar muammosi xakida fikr yuritiladi. Asosiy kismda esa kesim vazifasidagi elementlarni morfologik  jihatdan modellashtirish, ya’ni fe’l bilan ifodalangan kesimlarning tasniflanishi, kesimlarning gap strukturasidagi komponent tahlili va kesimlarni sintaksemalarga ajratib tahlil qilishga e’tibor karatilgan. Xulosa qismida esa ishning asosiy qismida yuritilgan fikr va mulohazalar jamlanib, aniq xulosalarga kelingan. Gaplarning tizimidagi sintaktik aloqalarni tiklashda modellashtirish, ya’ni yunksion va komponent modellarning qurilishidan foydalanilgan. 

2015-02-19 12:36:26 | ko'rishlar soni: 2901 | Yuklab olindi: 1226-marta