Muallif: Aslonova M.

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Ishning amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishimizning amaliy ahamiyati bizningcha shundaki, o‘zbek tilida bayon qilinayotgan tarjima jarayonining lisoniy aspektlari oliy o‘quv yurtlari tizimida tarjimonlik mutaxassisligiga tayyorlashning yangicha tizimiga o‘tishiga va shu orqali tarjimonlarning yangi avlodini yaratishga amaliy jihatdan yordam beradi. Bunday yaxlit metodik ko‘rsatmalarning o‘zbek tilida haligacha nashr qilinmaganligi ham ishimizning amaliy ahamiyatini belgilaydi.

Ishning hajmi va tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishimiz 61 sahifadan iborat bo‘lib «Kirish», 2 bob va bir necha bo‘limlardan iborat. 1-bob pragmatika va transformatsiyaga oid nazariy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, 2-bob esa amaliy qism hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida ishimizda foydalanilgan  mualliflarning asarlari alfavit tartibida berilgan.

Ishda qo‘llanilgan usublar. Bitiruv malakaviy ishimizni bajarishda tadqiqotning metodologik asosini umumiylikdan xususiylikka oid dialektik falsafa qonuniyatiga va lisoniy tilshunoslikda shakllangan tavsiflash, qiyoslash, tahlil kabi usullardan foydalandik. Bu boragi fikrlarni misollar orqali asliyat, rus tili va o‘zbekcha matnlar orqali tahlil qilishga urindik.

2021-05-06 09:37:33 | ko'rishlar soni: 2038 | Yuklab olindi: 1627-marta