Muallif: Sultonova S.Yu.

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

O‘quv-uslubiy qo‘llanma “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik  jamiyati", "Diishunoslik", "Falsafa" fanlari bo‘yicha o‘tiladigan mavzularga mos ravishda ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, ijtimoiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanmani o‘rganish va o‘zlashtirish jarayonida talaba mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalari, amalga oshirish shart-sharoitlari hamda omillari haqida bilimlarga va tasavvurlarga ega bo‘ladi. Yoshlarni ma’naviy tahdidlar, axborot xurujlari, "ommaviy madaniyat", diniy fundamentalizm, ekstremizm va terrorizm, odam savdosi va boshqa yot mafkuralardan himoyalashning  shart-sharoitlari  va omillari kabi tahdidlardan ogohlantirib, bugungi kunimizning mafkuraviy muammolarining mazmun-mohiyatini anglash, yoshlarimiz ongi va qalbiga singdirish, hamda ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

2021-04-16 14:28:57 | ko'rishlar soni: 1006 | Yuklab olindi: 444-marta