Muallif: Axmatova N. B.

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Bitiruv malakaviy ishning natijalari.  Ma’lumki,  sinxron tarjima har bir mamlakatda mavjud va ushbu tarjima turiga ehtiyoj bor.  Kundan – kunga ushbu tarjimaga bo’lgan talab oshib bormoqda.  Sinxron tarjima sohasiga qiziqganim sababli kelajakda shu sohada yangliklar yaratish, ya’ni sinxron tarjimada qiziqarli va shu vaqtgacha qo’llanilmagan mashq turlarini yaratishni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim. 

Bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyati.  Sinxron tarjimaning asosiy prinsiplarini o’rganishga bag’ishlangan ushbu tadqiqot ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.  Ushbu tadqiqot natijalari sinxron tarjimaning usullari, xususiyatlari, tarixini o’rganish bo’yicha izlanish olib boruvchi tadqiqotchilar uchun muhim ma’lumotlar beradi.  Sinxron tarjima sohasi ko’proq amaliyotda qo’llaniladi, ammo uni amaliyotda qo’llashdan oldin nazariy jihatdan ham o’rganish zarur. 

Bitiruv malakaviy ishning strukturasi va hajmi.   Ushbu bitiruv malakaviy ishining umumiy tarkibi kirish,  uch bob,  xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.  Har bir bob qisqa xulosalangan va ishning nihoyasida umumiy xulosa keltirilgan.   Ishning umumiy hajmi 60 sahifani tashkil qiladi. 

Bu yerda Bitiruv malakaviy ishni qisqacha berilgan.

2021-02-13 13:00:07 | ko'rishlar soni: 2575 | Yuklab olindi: 1224-marta