Muallif: Tulaboyeva R.

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot:

Chop etilgan shahar: Toshkent

Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma shoir, yozuvchi Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish uchun ishlab chiqildi.

Dasturda shoir, yozuvchi Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi, adibning hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar aniq manbalar asosida yoritib berildi. Shuningdek, Maqsud Shayxzoda ilgari surgan g'oyalarni talaba-yoshlarga sodda va tushunarli qilib yetkazish maqsadida adabiyotshunoslikning asosiy nuqtalariga murojaat qilinib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy istiqlol g'oyasi bilan hamohang jihatlarini singdirishga harakat qilindi.

Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodini o'rganish yuzasidan o'quv mashg'ulotlarini olib boruvchi oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.

2020-09-21 13:58:42 | ko'rishlar soni: 930 | Yuklab olindi: 273-marta