Muallif: Yormatova D.

Chop etilgan yil: 2018

Nashriyot: Fan va texnologiya

Chop etilgan shahar: Toshkent

Ushbu qissada o‘zbek xalqining atoqli shoirasi Nodirabegim va uning turmush o‘rtog‘i Umarxon (Amiriy) haqida, ularning sevgi va muhabbatlari, saroy hayoti mojarolari, farzandlari, fitnalar haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, shoiraning Uvaysiy bilan do‘stona aloqasi, yaqinligi hamda Umarxon vafotidan keyin uning iztiroblarga to‘la turmush tarzi tarixiy manbalar va izlanishlar natijasida to‘plangan ma’lumotlar asosida badiiy ifoda etilgan.

Buxoro davlatining amiri Nasrullohning jirkanch qilmishlari, Nodirabegimday shoiraning farzandlari, nevaralari va yuzlab Qo‘qon ahli bilan qatl etilishi kabi ko‘ngilga xiralik soladigan fojialar ham aks ettirilgan.

Kitobni yozilishiga sabab, hassos shoiramizning hayoti, turmush tarzi to‘g‘risida juda kam yozilgan, buyuk adabiyotshunos olim va akademik L.Qayumovning aytishicha, Nodirai davronday shoira hali biron millatda dunyoga kelmagan. Nodira ishq bobida vafodorlik va sadoqat ramzi bo‘lgan Go‘zal yor siymosidagi badiiy go‘zallik mujassamlangan ibratli badiiy qahramonga aylangan.

Ushbu kitob maktablar, litseylarining o‘quvchilari, kasb-hunar kollejlari va Oliy o‘quv yurtlarining talabalari va keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.

2020-02-07 10:12:40 | ko'rishlar soni: 62 | Yuklab olindi: 35-marta