Muallif: Xayrullayev X.Z.

Chop etilgan yil: 2019

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, nutq birliklari va ularni belgilash masalasi tilshunosligimizda tadqiqotlar kun tartibiga hali ham tom ma’noda qo‘yilgani yo‘q, mavjud ba’zi ishlarda esa masala tavsifi chegarasi gapning sintaktik tahlilidan nari o‘ta olmayapti. To‘g‘ri, gap nutq birligi sifatida alohida sathni tashkil etadi. Biroq nutqning gapdan katta birliklari ham mavjud bo‘lib, ularning har biri nutqning lingvistik tabiati nuqtai nazaridan izohlanmogi lozim deb o‘ylaymiz.

Ravshanki, til birliklarining ierarxik munosabati qonuniyati tilning nutqda   real   qo‘llanishini   ta’minlovchi asosiy omillarni belgilab beradi. Bu sohada, masalan, fonemalar morfema bilan, morfemalar so‘z bilan, so‘zning gap bilan ierarxik munosabat tashkil etishi bobida biror bir g‘alizlik yoki izohtalab masala ko‘zga tashlanmaydi.

2019-08-03 14:30:15 | ko'rishlar soni: 1146 | Yuklab olindi: 503-marta