Muallif: Eshimova Sh.K.

Chop etilgan yil: 2019

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Qo‘llanma  "Lingvistika" sohasida ta’lim olayotgan 1 kurs  magistrlari  uchun  mo‘ljallangan  o‘quv-uslubiy   qo‘llanma   bo‘lib koreys    tilidagi    kelishiklarning    qo‘llanilish    usullari va  xususiyatlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib keyinchalik ularni amaliyotda  qo‘llashlariga yordam beradi.

Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanmada koreys tilidagi kelishik kategoriyasining o‘ziga xos xususiyatlari, qo‘llanilish usullari yanada chuqurroq, aniq va konkret masalalarning nazariy jihatlari yoritilgan bo‘lib magistraturaning birinchi kursida o‘tiladigan tanlov fan uchun mo‘ljallangan.

O‘quv-uslubiy qo‘llanma koreys tili kelishiklari tizimi fanining namunaviy dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, unda 18 soat ma’ruza va 18 soat amaliy darslarda muhokama qilinadigan materiallarni yoritishga hamda ushbu masalalarni misollar yordamida mustahkamlashga e’tibor qaratilgan. Bunda koreys tili kelishik katogoriyasiga oid so‘nggi nazariyalar hamda ularning bir-biriga o‘xshash va bir-biridan farqli xususiyatlari to‘g‘risida kengroq ma’lumot berishga harakat qilindi. Talabalar o‘quv-uslubiy qo‘llanmada berilgan o‘quv materiallaridan koreys tili kelishiklari tizimiga oid nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishi bilan birgalikda badiiq adabiyotlarda qo‘llaniladigan turli misollardan foydalanish, ularni amaliy jihatdan qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar degan umiddamiz.

2019-08-01 15:43:59 | ko'rishlar soni: 1579 | Yuklab olindi: 928-marta