Muallif: Tursunova P.M.

Chop etilgan yil: 2018

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra ma’lum bo‘lishicha, XIV asr Ispan adabiyotida romanchilik janri alohida o‘rin tutadi. Buyuk ispan yozuvchisi Servantes yaratgan qahramonlar, jumladan Don Kixot, Sancha Pansa singari adabiy umumlashma obrazlarning ichki dunyosi, e’tiqodi va amaliga doir badiiy voqeliklarning turli stilistik vositalar qo‘llanilganligi va qator badiiy uslublarda namoyon bo‘lishi va ularning asar originalidagi kabi tarjimalarida ham yaqqol tarzda berilayotganligini ko‘rsatib berish orqali biz ushbu tadqiqotning ilmiy yangiligini belgilab olganmiz.

Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar. Birinchidan, M. Servantesning "Don Kixot" romanida ispan adabiyotidagi roman janriga xos badiiy xususiyatlarni o‘rganib, unga xulosalar berib o‘tish. Ushbu masalani atroflicha yoritishda, biz ilk va dastlabki O‘rta asrlarda Evropa xalqlarida, jumladan Ispaniyada mavjud bo‘lgan, shakllangan adabiy an’analarni, janrlarni, jumladan roman janri rivojini nazardan o‘tkazdik. Ikkinchidan, biz tadqiqotimiz himoyasi uchun "Don Kixot" romanining mavjud adabiy tarjimasi misolida "Migel de Servantes "Don Kixot" romanining ruscha va o‘zbekcha tarjimalarida stilistik vositalarning berilishi"ni olganmiz. Shuningdek, asardagi obrazlar olami, ayrim hollarda undagi yangi - yangi sifatlarning ilgariga chiqib, yozuvchi mahoratidan darak berayotganligi singari masalalarni asosiy xolatlar sifatida qayd etib o‘tishni istar edik.

2018-11-08 17:29:00 | ko'rishlar soni: 1781 | Yuklab olindi: 746-marta