Muallif: Begaliyev N.

Chop etilgan yil: 2007

Nashriyot: Samarqand davlat chet tillar instituti

Chop etilgan shahar: Samarqand

Ushbu to'plamda Samarqand shahri va viloyati hududi bilan bog'liq tarixiy, arxeologik , toponimik manbalarni o'rganish, shuningdek adabiyotshunoslik va tilshunoslik masalalalriga bag'ishlangan maqolalar joylashgan.

Spitamen xalq qahramoni. O'z yurtining ozodligi, erki uchun kurashgan xalq qahramonlarining nomi asrlar osha yashab keladi. Ular o'z hayotlarini xavf ostiga qoldirib bo'lsa-da, Vatan uchun jang qilar ekanlar, buni insoniylik burchi, or nomus deb tushunadilar. Shuning uchun xalq bunday shaxslar nomini hamma vaqt chuqur ehtirom bilan tilga oladi, e'zozlaydi, ular haqida qo'shiqlar to'qiladi, dostonlar yoziladi. Hikoya qissa va romanlardagi sevimli obrazlar bo'lib, kishilar qalbida mangu yashab qoladilar. Shunday shaxslardan biri Sug'dning milliy qahramoni,grek-makedon bosqinchilariga qarshi dadil kurash olib borgan istedodli sarkarda Spitamendir.

2015-02-16 14:31:15 | ko'rishlar soni: 3853 | Yuklab olindi: 2653-marta