Muallif: Raximov K.D., Uralov A.S.

Chop etilgan yil: 2013

Nashriyot: Tafakkur bo`stoni

Chop etilgan shahar: Toshkent

Ushbu qo’llanmada Yaqin, O’rta va Uzoq Sharq mamlakatlari: Misr, Ossuriya, Bobil, Eron, Turkiya, Movarounnahr, Shimoliy Hindiston, Pokiston, Xitoy va Yaponiyaning qadimgi va o’rta asrlardagi, shuningdek, zamonaviy bog’-park san’ati keng bayon etilgan, O’rta Osiyoning Amir Temur va temuriylar davri bog’-saroylari Shimoliy Hindistondagi Bobur va boburiylar davri bog’-parklari bilan qiyoslangan. «Chorbog’» uslubidagi O’rta Sharq mamlakatlari va O’rta Osiyo bog’lariga keng tavsif berilgan.

Qo’llanmada asosiy e’tibor temuriylar davri bog’-park san’atining muhim yodgorliklari tahliliga qaratilgan bo’lib, uning mintaqaviy bog’-park san’ati «maktablariga» ta’siri, bu sohadagi turg’un qadriyatlar va barqaror yo’nalishlar aniqlanib, maktablarning o’xshashlik va farq qiluvchi tomonlari ochib berilgan.

Mualliflar o’z fikrlari orqali mo’jizakor bog’-park san’atining badiiy ifodalanish jarayoni va tadrijiy rivojlanishi haqidagi taassurotlarini keng yoritib berishga harakat qilganlar. Ular mazkur masalalarni to’liq izohlashga emas, balki arxitektura dunyosining murakkab ochiq yashil muhitlari, landshaft arxitekturasining bog’-park san’ati obyektlarini hayotiy jonli misollar va rangli rasmlarda yoritib berganlar.

Qo'llanma «Arxitektura», «Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish» va «Landshaftlar arxitekturasi» ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tahsil oluvchi bakalavr va magistrantlar, yosh olimlar, loyihachi arxitektorlar hamda bog’-park san’ati tarixiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.

2018-05-01 15:15:04 | ko'rishlar soni: 817 | Yuklab olindi: 347-marta