Muallif: Amonov A.K., Eshonqulov D.T.

Chop etilgan yil: 2008

Nashriyot: Samarqand davlat chet tillar instituti

Chop etilgan shahar: Samarqand

Uslubiy ko'rsatma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 5220100 –filologiya bakalavr yo'nalishlari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan tasdiqlangan dastur asosida tuzilgan.

1-LABORATORIYA ISHI
1. Windows XP interfeysi bilan tanishish.
2. Operasion sistema haqida ma'lumot.
3. Windows operasion sistema obyektlari bilan ishlash.
4. Windows ishchi stolini sozlash.
5. Windows XP interfeysi bilan tanishish
1.Windows XP OS haqida qanday yangiliklar borligi to'g'risidagi ma'lumotni oling.
Ko'rsatma. Пуск menyusidan Справка и поддержка komandasini tanlang yoki F1 tugmasini bosing, hosil bo'lgan komandalar mundarijasidan Новые возможности Windows XP punktini tanlang. Новые возможности punktiga kiring.
2. Masalalar panelini avtomatik ravishda ekrandan olish va qo'yish xossalarini o'rnating.
Ko'rsatma. Masalalar panelining bo'sh joyiga sichqoncha belgisini keltiring, uning o'ng tugmasini bosib kontekst menyuni chiqaring. Kontekst menyudan Свойства
komandasini tanlang. Автоматически скрывать панел задач punktiga √ belgini qo'ying va Ok tugmasini bosing.
3. Sichqoncha belgisini Masalalar paneliga keltirilganda paydo bo'lishi va Masalalar panelidan boshqa joyga surilganda yo'q bo'lishiga ishonch hosil qiling.
4. Masalalar panelini har doim ekranda ko'rinadigan qilib qo'ying.
Ko'rsatma. Masalalar panelining Свойства punktidagi Автоматически скрывать панел задач punktidagi √ belgini olib qo'ying.
5. Masalalar panelining xossalarini shunday o'rnatingki, ochilgan oynalar avtomatik ravishda Masalalar panelini yopib tursin.
Ko'rsatma. Masalalar panelining kontekstli menyusini chiqaring. Свойства komandasini tanlang. Отображать панель задач поверх остальных окон
punktidagi √ belgini olib qo'ying.

2015-02-16 14:22:32 | ko'rishlar soni: 6359 | Yuklab olindi: 4304-marta