Muallif: Kattayev K.

Chop etilgan yil: 2006

Nashriyot: Fan

Chop etilgan shahar: Toshkent

Shoh Ne’matullohi Vali XIV-XV asrlarda yashab faoliyat ko‘rsatgan tasavvufning yirik arbobi va shoiri bo‘lib, uning faoliyati shahrimiz Samarqand bilan ham bog‘liq. U haqda yurtimizda hozirga qadar biror ilmiy tadqiqot e’lon qilinmagan bo‘lib, qo‘lingizdagi kitob ilk monografik tadqiqotdir. Shoh Ne’matullohi Vali to‘g‘risida tarixiy  manbalar juda kam saqlangan. Ul zotning avlodlari hozirga  qadar yurtimizda, asosan Samarqand zaminida yashab kelmoqdalar hamda ulug‘ ajdodlaridan qolgan merosiy manba hisoblanmish tarixiy hujjatlarni asrab kelmoqdalar. Ushbu risola avlodlarda, davlat arxivlarida va shaxsiy kutubxonalarda mavjud manbalardan foydalangan holda yozilib, Shoh Ne’matullohi Valining hayoti, ijodi bilan shug‘ullanuvchi tarixchi talaba va tadqiqotchilarga professor-o‘qituvchilarga hamda keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

2018-03-14 16:12:41 | ko'rishlar soni: 1315 | Yuklab olindi: 503-marta