Muallif: SamDCHTI

Chop etilgan yil: 2017

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Xorijiy filologiya: til, adabiyot, ta’lim ilmiy jurnali 2001 yildan beri nashr qilinib kelinmoqda.Jurnal Oliy Attestasiya komissiyasining filologiya fanlari bo’yicha ekspert kengashining tavsiyaschi bilan (2006 yil  11 sentyabrdagi 1- sonli bayonnoma) zaruriy nashrlar ro’yxatiga kiritilgan va Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan № 09-12 raqam bilan, Respublika Matbuot va Axborot agentligi tomonidan 2003 yil 10 dekabrda  09-012 raqami bilan ro’yxatga olingan.

    Jurnalda xorijiy til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi, 10.00.05 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti, 10.00.07 – Qiyosiy-tarixiy, tipologik va chog’ishtirma tilshunoslik, lingvistik  tarjimashunoslik yo’nalishlari bo’yicha ruknlar tashkil qilingan va yagona ilmiy nashr sifatida tilshunoslik va adabiyot nazariyasi hamda hozirgi ilmiy-adabiy jarayonga daxldor dolzarb  maqolalarni va tarjimalarni ilmiy tadqiqotlar natijalari va  ilmiy-uslubiy yangiliklar sifatida mamlakatimizda ommalashtirib kelmoqda.

   Mualliflar tarkibiga respublikamizning yetakchi mutaxassislari va xorijlik olimlar bilan bir qatorda yosh tadqiqotchilar ham kiradi.

   Institut  jurnalni muntazam ravishda, yiliga to’rtta sonda chop etish uchun eng zamonaviy texnika bilan jixozlangan o’z bosmaxonasiga ega va tegishli ixtisosliklar bo’yicha ekspertlar guruhi mavjud. Shuningdek, jurnal 1266 obuna indeksiga hamda respublikamizning yetakchi ilmiy markazlari qiyofasidagi doimiy obunachilariga ega bo’lib, respublikamizda keng tarqalmoqda. Jurnal o’zbek va chet tillarida chop etilmoqda. 

Jurnalga obuna bo'lish uchun:

Murojaat uchun telefon: 
(+99866) 231-13-42 
 
Manzil: Samarqand sh. Bo’stonsaroy 93. 
Toshkent sh. Markaziy bank ХККМ 
р/с 400110860184017950100079003 
МFО 00014, INN 202001213 
ОКОNХ 92110 

2018-01-19 10:24:47 | ko'rishlar soni: 1173 | Yuklab olindi: 475-marta