Muallif: SAMDCHTIARM

Chop etilgan yil: 2017

Nashriyot: SamDCHTI ARM

Chop etilgan shahar: Samarqand

   Kitoblar zamonlar to‘lqinlarida suzuvchi va o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan avlodlarga avaylab eltuvchi tafakkur kemalaridir. Kitob o‘qish- jamiyatning umumiy saviyasini ko‘taradigan, demak, taraqqiyotga, rivojlanishga xizmat qiladigan muhim omildir. Shuni hisobga olgan holda jannatmakon yurtimizda kitobga muhabbat, e’tibor o‘zgacha. Buyuk mutafakkirlardan biri aytganidek, kitob- sehrgar. Kitob dunyoni qayta qurdi. Unda odamzodning aqli mujassam, u kishilik tafakkurining ustuni. Kitobsiz olam yovvoyilar olamidir. Bugun yoshlar orasida shunday bebaho boylikka bo‘lgan e’tibor qanday? Keling, shu masalada mulohaza yuritib ko‘ramiz. Kitob insoniyat ijodiyotining chinakam hayratlanarli va e’tiborga loyiq ko‘rinishidir. Kitoblarda kechmish, zamonlarning aql-idroki yashaydi, xoki, tuproqlari, tush singari allaqachonlar to‘zg‘ib ketgan odamlarning ovozi burro va aniq yangrab turadi. Insoniyat yaratgan, qayta-qayta o‘ylab ko‘rgan va u erishgan narsalarning bari-xuddi sehrli sandiqdek kitoblar saqifalarida saqlanib qolgan. Ushbu sehrli sandiqlarni ochish va undan foydalanish bugun ko‘ngildagidek emasligi, sir emas.

2017-02-04 09:15:08 | ko'rishlar soni: 6743 | Yuklab olindi: 1589-marta