Muallif: Shorasul Zunnunov

Chop etilgan yil: 1982

Nashriyot: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti

Chop etilgan shahar: Toshkent

   Sharq xalqlarining badiiy ijodi xilma-xil, ajoyib afsonaviy va tarixiy dostonlarga, masal va rivoyatlarga boy bo‘lib, tematik jihatdan bir-birlariga chambarchas bog‘langan. Bular o‘z muxtasarligi, qiziqarligi, ravonligi, ohangdorligi hamda didaktik ahamiyati, g‘oyaviy mazmuni bilan xalq fikru zikriga yaqin bo‘lgan asarlardir. Bularda feodalizm tuzumidagi haqsizlikva ado-latsizlikning oqibatlari fosh etiladi, do‘stlik, birodarlik, mardlik, vatangava xalqqa bo‘lgan samimiy sadoqat motivlari ulug‘lanadi, ota-ona bilan farzandning o‘zaro mehr-muhabbati, qadr-qimmati, insonning eng yaxshi olijanob fazilatlari tarannum qilinadi.

   Ma’lumki, Sharq xalqlari badiiy ijodida mushtarak hisoblangan bu yozma obidalar, ayni vaqtda qardosh xalqlar adabiyoti namoyandalarining asarlarida ham mazmunan bir-birlariga yaqin tarzda talqin etilgan. Shu bilan birga ularning ijod mahsullari faqat arab, fors-tojik tili vakillarigagina tarbiyaviy, axloqiy va estetik zavq bag‘ishlabgina qolmay, balki turkiy xalqlar orasida ham o‘zining katta ta’sirini o‘tkazib kelgan. Ayniqsa, fors-tojik adabiyotining yirik vakillari Rudakiy, Firdavsiy, Sa’diy va Jomiy kabi siymolarning didaktik ruhdagi asarlari turkiygo‘y mutafakkir shoir va yozuvchilarning bizga qoldirgan boy qo‘lyozma meroslarida o‘z aksini ijodiy takomil darajasida topgan. Bu esa o‘z navbatida Sharq xalqlarining, ayniqsa, O’rta Osiyo xalqlari madaniyatining birbirlari bilan yaqindan uzviy hamkorlikda bo‘lganligidan dalolat beradi. Arab, fors-tojik va turkiy tillarga tarjima qilingan asarlar borasida ham shuni ta’kidlash kerak. Bunga,jumladan, qadimgi hind eposi «Pancha tantra» («Besh kitob») ravshan misol bo‘la oladi. VI asrda sosoniy podsholaridan Anushirvonniig buyrug‘i bilan Hakim Burzoe «Pancha tantra»ni sanskrit (qadimgi hind) tilidan lahlaviy (qadimgi fors) tiliga tarjima qiladi. VIII asrda Ibn Muqaffa Burzoe tarjimasidan «Pancha tantra»ni arab tiliga tarjima qiladi. Bu asar O’rta Osiyo va boshqa joylarda ham shuhrat topib, bosh qahramonlarining nomi bilan «Kalila va Dimna» deb yuritila boshlaydi. Uning obraz va motivlari asosida yangi-yangi asarlar vujudgakeladi (masalan, Rudakiy yaratgan «Kalila va Dimna» dostoni), ayrim masal va hikoyalar folklor va yozma adabiyotda ishlanadi. «Kalila va Dimna» o‘zbek xalqi orasida ham keng tarqalgan, bir necha bor o‘zbekchaga tarjima qilingan, o‘zbek folklori va yozma adabiyotida ma’lum iz qoldirgan.

    Kitobning asosiy bobini turli ta’limiy-tarbiyaviy ruhdagi didaktik hikoyalar tashkil etadi. Shuning uchun ham ular ahamiyat va o‘quvchilarga ta’sir kuchi nuqtai nazaridan birinchi planga qo‘yilgan.

   Ularda nomus va poklik, inson va adolat, muruvvatliylik va haqgo‘ylik kabi ijobiy fazilatlarga zulm va qabihlik, tovlamachilik va poraxo‘rlik, muttahamlik va riyokorlik kabisalbiy bid’atlar qarama-qarshi qilib qo‘yiladi. Hikoyalarning markazidagi salbiy obrazlar hajviy momentlar orqali shunday fosh qilinadiki, kitobxon ijobiy va salbiy shaxslar o‘rtasidagi farqni mulohaza qiladi, insonparvarlik, adolat va mehribonlik kabi insoniy fazilatlarning kamol topishiga ishonch tuyg‘usi bilan qaraydi. Hikoya zaminidagi pandu nasihatlar asosida esa o‘z dunyoqarashi va ruhiy tabiatidagi kamchiliklarni tuzatish uchun o‘ziga ma’lum ijobiy xulosalar chiqarib oladi. Muhimi shundaki bu o‘git va nasihatlar o‘tmishdagi buyuk kishilar, ulug‘ mutafakkirlar vadonishmandlarning tarixiy hikoya va hikmatli so‘zlari orqali o‘quvchi ongiga yetkaziladi.

   Sa’diy va Jomiy kabi siymolarning didaktik ruhdagi asarlari turkiygo‘y mutafakkir shoir va yozuvchilarning bizga qoldirgan boy qo‘lyozma meroslarida o‘z aksini ijodiy takomil darajasida topgan. Bu esa o‘z navbatida Sharq xalqlarining, ayniqsa, O’rta Osiyo xalqlari madaniyatining birbirlari bilan yaqindan uzviy hamkorlikda bo‘lganligidan dalolat beradi. Arab, fors-tojik va turkiy tillarga tarjima qilingan asarlar borasida ham shuni ta’kidlash kerak. Bunga,jumladan, qadimgi hind eposi «Pancha tantra» («Besh kitob») ravshan misol bo‘la oladi. VI asrda sosoniy podsholaridan Anushirvonniig buyrug‘i bilan Hakim Burzoe «Pancha tantra»ni sanskrit (qadimgi hind) tilidan lahlaviy (qadimgi fors) tiliga tarjima qiladi. VIII asrda Ibn Muqaffa Burzoe tarjimasidan «Pancha tantra»ni arab tiliga tarjima qiladi. Bu asar O’rta Osiyo va boshqa joylarda ham shuhrat topib, bosh qahramonlarining nomi bilan «Kalila va Dimna» deb yuritila boshlaydi. Uning obraz va motivlari asosida yangi-yangi asarlar vujudgakeladi (masalan, Rudakiy yaratgan «Kalila va Dimna» dostoni), ayrim masal va hikoyalar folklor va yozma adabiyotda ishlanadi. «Kalila va Dimna» o‘zbek xalqi orasida ham keng tarqalgan, bir necha bor o‘zbekchaga tarjima qilingan, o‘zbek folklori va yozma adabiyotida ma’lum iz qoldirgan.

Manba: Ziyouz.com

2017-01-25 10:12:10 | ko'rishlar soni: 10566 | Yuklab olindi: 8282-marta