Muallif: Yormatova D.

Chop etilgan yil: 2014

Nashriyot: Navro'z

Chop etilgan shahar: Toshkent

    Yormatova D. Yusuf va Zulayho. Toshkent.: Navro'z, 2014.- 192 b.

   Ushbu kitobda muborak ishq haqidagi dostonlaridan biri -Yusuf va Zulayhoning sevgi qissasi nasriy tarzda bayon etilgan. Buyuk sevgi qissasi qahramonlarning hayot yo’li, ishq dardida chekkan azob-uqubatlari tasvirlangan.

   Muallif dostonni nasriy tarzda bayon etishga jazm etarkan, Abdurahmon Jomiy va Ramz Bobojonning shu mavzudagi «Yusuf va Zulayho» dostonlari bilan tanishib chiqdi. Bundan tashqari, dostonga oid bir qator ma’lumotlarni o’qib-o’rganib, asarini o’ziga xos tasvirlar, badiiy bezaklar bilan boyitdi. Ushbu dostonda boshqalarga o’xshamagan tashbehlar va detallardan foydalandi, ko’prok tabiatga murojaat etib, o’xshatishlar qildi. «Yusuf va Zulayho» dostoni bugungi kunda ham sevib o’qiladi. Ushbu mavzu maktablar, akademik listey va kasb-hunar kollejlari hamda OTM muassasalarining darsliklariga kiritilgan. Adabiyotni o’rganayotgan bakalavr yo’nalishi talabalari, ilmiy izlanish olib borayotgan magistrlar, doktorantlar, mutaxassislar uchun foydalaniladigan adabiyotlar qatoriga kiradi.

   Muallif ushbu sevgi dostoni bo’yicha bildirilgan fikr va mulohazalarni kutib qoladi va kitobxonlarga oldindan minnatdorlik bildiradi.

2016-12-21 13:22:39 | ko'rishlar soni: 14256 | Yuklab olindi: 5599-marta