Muallif: Tuychiyev S.

Chop etilgan yil: 2016

Nashriyot: SamDChTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

   Kursning maqsadi – talabani chet tili o’qituvchisi kasbiy faoliyatiga nazariy hamda amaliy jihatdan tayyorlashdan iborat. Zamonaviy metodikaning asosiy muammolari bilan tanishtirish tillarni o’qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari fanining vazifasi sanaladi. Ushbu fan talabalarni ta’lim muassasalarida olib boriladigan darslarda duch kelishlari mumkin bo’lgan aniq vazifalarga yo’naltiradi. Bunda asosiy e’tibor talabalarning amaliy ko’nikmalarini ishlab chiqishga, asosiy kasbiy malakasining shakllanishiga: darsning ongli, tarbiyaviy va ta’limiy maqsadlarini shakllantirish; mavzu asosida o’quv materialini rejalashtirish; darsning rejasi va konspektini tuzish; savol va topshiriqlar tuzish, so’rov o’tkazish hamda bilimni daliliy baholash; o’quvchilarning mustaqil ishini tashkil etish; hamkasblari va o’z darslarini tahlil qilishga qaratiladi.

2016-08-05 11:54:09 | ko'rishlar soni: 2608 | Yuklab olindi: 1564-marta