Muallif: Eshonqulov D.T.

Chop etilgan yil: 2007

Nashriyot: SamDChTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

   Ma’lumotlarni qulay ifoda etish uchun jadvallardan foydalaniladi. Kompyuter ularni elektron shaklda ifoda etish imkonini beradi, natijada ma'lumotlarni faqat tasavvur etish emas, hattoki qayta ishlash imkoniyati bor. Jadval tuzishdagi hujjatlar bilan ishlovchi eng keng tarqalgan programma vositalaridan biri Microsoft Excel (qisqacha Excel) programmasi hisoblanadi. Excelning o'ziga xosligi shundan iboratki, u turli kataklar qiymatlari o'rtasida formulalar orqali bog'liqlik o’rnatish imkoniyatiga ega. Kiritilgan formulalar hisobi avtomatik tarzda bajariladi. Agar biror bir katak qiymati o'zgartirilsa, u bilan formulaviy munosabatlarda bog'liq kataklar qiymati ham qayta hisoblanadi, natijada butun jadvalda ham o'zgarish yuz beradi. Elektron jadvallarni qo'llash, ma'lumotlar bilan ishlashni osonlashtiradi va qo'lda hisoblash yoki maxsus programmalashtirishsiz natijalar olish imkonini beradi.

2016-02-22 11:52:56 | ko'rishlar soni: 2719 | Yuklab olindi: 1177-marta