Muallif: Xudoyberdiyeva O’g’iloy

Chop etilgan yil: 2014

Nashriyot: Samarqand davlat chet tillar instituti

Chop etilgan shahar: Samarqand

Mavzuning dolzarbligi. Tarjima lingvistika, madaniyatshunoslik,  qiyosiy etimologiya, informatika, qiyosiy sotsiologiya va boshqa shu kabi turli xil fanlar bilan uzviy bog‘liq fandir. Ayniqsa uning tilshunoslik bilan aloqasi beqiyosdir. Haqiqatda ham tarjimaning tilshunoslik bilan chambarchas bog‘liqligi ba’zilarni tarjima borasidagi noto‘g‘ri bahs-munozaralarga, masalan, uni tilshunoslikning bir qismi deb talqin etishga olib kelgan. Bunday fikr tarafdorlari tarjimani amaliy yoki qiyosiy tilshunoslikning bir qismi deb hisoblashadi. Strukturalistlar ta’siri ostidagi bu qarash tarafdorlari tilshunoslar tomonidan keltiriladigan kontekstdan tashqari misollarga mos kelmaydigan muloqotning rolini rad etishga urinadilar.

Har bir tarjima tarjima jarayonida ma’no kasb etuvchi gaplar va tagma’noga ega so‘zlar sifatida   ikki bosqichdan o‘tadi. Shunday bo‘lsada toki nutq faoliyatining madaniyatlararo shakli mavjud emas ekan tarjimon uchun tarjimaning pragmatik muammolari ham mavjud bo‘ladi.

Shunga ko‘ra tarjimon ma’lumotni tarjimada hech qanday xatoliksiz to‘g‘ri yetkazib berish uchun umummadaniy progmatik bilimlaridan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Nutq hodisasi va emotsional ta’sirni yaqindan o‘rganish tabiiyki, tarjimaning bir nechta nazariyalarini keltirib chiqaradi, ayniqsa ekvivalent ta’sir yoki harakat prinsipiga va boshqa tilda qanday bo‘lsa shunday aytish kerakligini ta’kidlovchi «yolg‘on talqin»ga asoslangan dinamik ekvivalentlik. Har ikkala nazariya ham nutq faoliyati va hodisasi madaniyatlararo farq qilishini tan olgan holda tarjimonlarni madaniyatlararo progmatik muvoffaqiyatga erishishga undaydi.

Ammo tarjimada pragmatik ekvivalentlikka erishishda asliyatdagi matn tilining semantik xususiyatlari, so‘zlarning ma’nolari, ularning qo‘llanilishi va boshqa so‘zlar bilan bog‘lanishibir qancha  to‘sqinliklarni keltirib chiqaradi.

Tarjimaning asliyatga shaklan va mazmunan monand tarzda yaratilishining birdan-bir sharti tarjimonning o‘z tilida asliy monand lisoniy vositalar tanlab ishlata olishidir. Bu ma’suliyat uning zimmasiga avvalo asliyat ma’no vazifasini bekamu-ko‘st ado etish, so‘ngra xotirasida  shakllangan fikrni o‘z tili madaniyati va me’yori asosida to‘la-to‘kis ifoda etish vazifasini yuklaydi.

Ishning maqsadi va vazifalari. Tarjima, o‘zining ichki tabiati vaxusu-

siyatiga ko‘ra, shubhasiz, ko‘plab sohalarning bir qismini ifoda etadi. Shunday sohalardan biri pragmatikadir.Tarjima va pragmatika o‘rtasidagi aloqa anglashilmas darajada namoyon bo‘lishi mumkin, ammo bu ikki sohani yaqindan o‘rganish ularning ahamiyatli tomonlarini namoyon qiladi.

Ushbu malakaviy ishning asosiy maqsadi ikki soha ya’ni, tarjima vapragma-

tika sohalarini bir-biridan farqlagan holda ularning o‘zaro aloqalarini o‘rganish va tarjima pragmatikasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.

Mazkur bitiruv malakaviy ishida tarjima va pragmatika o‘rtasidagi mavjud

bo‘lgan muhim munosabatlar o‘rganiladi va ma’lum vaziyatlarda tarjimonning pragmatik bilimidan foydalanib asliyatni to‘g‘ri anglashi va uni tarjima qilishi muhokama qilinadi.

Ishning ilmiy yangiligi. Biz bilamizki, tarjima pragmatikasi, pragmatik xususiyatlarning tarjimada berilishi kabi masalalarga bag’ishlangan ilmiy ishlar soni talaygina. Ammo asliyatdagi pragmatik xususiyatlarning tarjimada berilishi borasidagi o’zbek tilidagi ilmiy adabiyotlar sanoqlidir. Shuning uchun ham mazkur bitiruv malakaviy ishida ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilishda tarjima pragmatikasining o’ziga xos xususiyatlari o;zbek tiliga qilingan tarjima misolida bayon qilinadi. Xususan, Fattoh Abdullayev tomonidan tarjima qilingan “Hayotga muhabbat” hikoyasi misolida pragmatik xususiyatlarning tarjimada qayta yaratilishi tahlil qilinadi.

Ishning predmeti va obyekti. Nutq jarayoni, insonning nutqiy faoliyati

uning rang-barang, chunonchi: ruxiy, fiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, madaniy va h. ijtimoiy va tabiiy faoliyati bo‘lganligi sababli, pragmatikada nutqiy faoliyat insoniy faoliyatning qolgan o‘nlab qirralari bilan bog‘liqlikda o‘rganiladi. Shuning uchun sistem tilshunoslik til tizimini, til sistemasini o‘rgansa, pragmatika muloqot, o‘zaro-fikr almashuv, kommunikatsiya, aloqa-aralashuv, so‘zlashuv tizimini o‘rganadi.Nutq jarayoniga tizim sifatida yondashish pragmatikaning asosiy tadqiq manbai va usulidir. 

Demak, pragmatika nutqiy muloqotni yaxlit bir tizim sifatida - bu jarayon-

ning barcha lisoniy va nolisoniy omillari bilan uzviy bog‘liqlikda, hamkorlikda o‘rganuvchi fan hamda tarjima, etika,estetika, stilistika, tilshunoslik, psixolingvistika, madaniyatshunoslik kabi fanlar bilan bog‘liq ekan, ishning predmeti va obyekti nutqiy jarayon, badiiy asarlar hamda turli tillardagi tarjima asarlari hisoblanadi.

Ishning nazariy ahamiyati. Mazkur bitiruv malakaviy ishning nazariy

ahamiyati tilshunoslik fanining nisbatan yangi sohasi hisoblanmishpragmatika fanining bugunga qadar erishgan yutuqlarini o‘rganish ularni umumlashtirish, uning istiqboli haqidagi nazariy qarashlarni ilmiy tahlil etishga qaratilgan.

Unda yana tarjima va pragmatika tushunchalari bilan tanishish, pragmatika

haqida,uning maqsadi va vazifasi nimalardan iboratligi haqidagi dastlabki qarashlar borasida so‘z yuritiladi. Talabalar «pragmatika nima? Uning tadqiq manbai nimadan iborat? U serqirra nutq faoliyatining qaysi jihatlarini o‘rganadi?» degan savollargailmiy asoslangan  javoblar olishadi.

Shuningdek, tarjima pragmatikasining o‘ziga xosligi,nutq jarayoni hamda

asarlarning pragmatik xususiyatlarini o‘rganish ushbu ishning asosiy nazariy ahamiyatini kasb etadi.

Ishning amaliy ahamiyati. Keyingi yillarda tadqiqotchilar e’tiborini o’ziga ko’proq jalb qilib kelayotgan tilning progmatik jihatlari tarjimondan chuqur lingvistik bilimdan tashqari yana ko’pgina boshqa fanlar, madaniyatlar ma’lumotlaridan ham xabardor bo’lishni talab qiladi. Tarjimada pragmatik vositalardan o’rinli foydalanish esa asliyatda ifodalangan zaruriy ma’noni to’la-to‘kis yetkazib berishga xizmat qiladi.

Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, bu malakaviy ishning аmаliy аhаmiyati

shundаn ibоrаtki, tarjimaning pragmatik xususiyatlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lib, ularning tahlilini,  tаrjimаdа bеrilishini, asosli misollar bilan  yoritish;  mаvzu bo‘yichа talabalar uchun qo‘shimcha yoki asosiy qo‘llanma sifatida o‘zlarining mustaqil ishlarida, referatlarida foydalanish yoki mа’ruzа mаtnlarigа mаxsus mаvzu sifаtidа kiritish mumkin.

Bundan tashqari o‘rganilgan fond bilimlarni amalda qo‘llash, tarjimaning pragmatik xususiyatlaridan foydalanibtarjimajarayonida uchraydigan har qanday leksik muammolarni bartaraf qilish, shuningdek, nutq, badiiy asarlar tarjimasini mashq qilish va bu jarayonda duch kelingan muammolarni tahlil qila olish bituruv malakaviy ishning amaliy ahamiyatini tashkil etadi.

Qo‘llanilgan metodlar. Bizga ma’lumki, biror nutqni tarjima qilishda tarjima qilinayotgan nutq ona tili bilan solishtirib, qiyoslab tarjima qilinadi. Xuddi shunday ikkita asar ya’ni, asliyat va tarjima asari bilan ishlaganda qiyoslash metodidan foydalanib undagi o‘xshash va farqli tomonlar o‘rganiladi.

Ushbu bitiruv malakaviy ishda ham qiyoslash, tahlil qilish va sintаktik

jаrаyonlаrni tushuntiruvchi trаnsfоrmаtsiоn mеtоdlardan foydalanildi.

Ishning tarkibi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi mundarija, kirish qismi,ikkibob, xulosa va takliflar hamdafoydalanilganadabiyotlardan iborat.Kirish qismi tarjima, pragmatika,tarjima pragmatikasi haqida ma’lumot beruvchi yettita tarkibiy qism: ishning dolzarbligi, ishning maqsadi va vazifalari,  ishning predmeti va obyekti,  ishning nazariy ahamiyati,  amaliy ahamiyati,  bitiruv malakaviy  ishida qo‘llanilgan metodlar va ishning tarkibi kabi qismlarni o‘z ichiga oladi. Birinchi bobda tarjimada progmatikaning aks ettirilishi borasida so‘z yiritiladi va misollar orqali tushuntiriladi.Ikkinchi bobda pragmatik adekvatlik hamda pragmatik muammolar haqida ma’lumot beriladi.

2015-02-24 16:29:13 | ko'rishlar soni: 11664 | Yuklab olindi: 4605-marta