Muallif: Ismatova Yulduz

Chop etilgan yil: 2014

Nashriyot: Samarqand davlat chet tillar instituti

Chop etilgan shahar: Samarqand

Mavzuning dolzarbligi:  Mazkur magistrlik dissertasiyamiz bevosita va bilvosita amalga oshirilgan tarjimalarning qiyosiy tahlilini o’rganishga bag’ishlangan bo’lib bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri bo’lgan mashhur ingliz dramaturgi va tragediyalar qiroli Shekspir asarlarining bevosita va bilvosita qilingan tarjima natijalarini qiyosiy chog’ishtirish, tahlil qilish va bu ikki tarjima yo’nalishlarining afzallig-u, qulayligi, qolaversa tarjimaga putur yetkazadigan jihatlarini yoritib berishdan iboratdir.

Mavzunining o’rganilganlik darajasi: magistrlik ishimizning metadologik asosi sifatida tarjima nazariyasi va amaliyoti, ingliz adabiyoti, o’zbek tarjimashunosligi sohalarida izlanish olib borgan va olib borayotgan o’zbek va chet yel yozuvchi-tarjimonlarining ishlari o’rganib chiqildi. Bir qator Shekspirshunos olimlar va tarjimonlar faoliyatlari bilan tanishib chiqildi. Shekspirning o’lmas asarlari H.Olimjon, Sotti Husayn, Cho’lpon, M.Shayhzoda, Yashin, Uyg’un, Turob To’la, G’.G’ulom, Q.Mirmuhammedov, J.Kamol kabi bir qator mashhur yozuvchi-tarjimonlar tomonidan ommaga tanishtirilgan bo’lsa, G.E.Lessing, K.Marks, F.Engels, I.Versman, G.M.Kozinsev, Dj.M.Metyuz, Pushkin, A.Blok, Gegel, V.K.Myuller, A.A.Smirnov kabi olimlarning nazariy ma’lumotlaridan foydalanildi. Shu kunga qadar “Qirol Lir”, “Romeo va Julyetta”, “Hamlet”, “Otello”, “Yuliy Sezar” va boshqa buyuk shohnoma asarlarning bilvosita tarjima namunalari ma’lum bo’lsa, endilikda mashhur o’zbek yozuvchisi, shoir-tarjimon J.Kamol tomonidan Shekspir asarlarining ingliz tilidan bevosita o’zbek tiliga qilingan ajoyib tarjima namunalari paydo bo’lmoqda.  So’ngi yillarda olib borilgan izlanish shuni ko’rsatadiki, J.Kamolning ingliz tilidan bevosita o’zbek tiliga qilgan tarjima asarlari o’zbek tarjimashunosligida buyuk ingliz asarlarining qayta yaratilishiga ulkan hissa qo’shmoqda.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib dissertasiyamizning maqsadlarini quyidagicha izohlash mumkin:

- O’zbekistonda chet el adabiyotlarini bevosita va bilvosita tarjima qilish jarayonini to’liq o’rganish va tahlil qilish;

- O’zbekistondagi tarjima muassalarida tarjima asarlarning yutuq va kamchiliklarini ko’rsatib o’tish;

-  Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi 10.12.2012 sanasidagi O’zbekiston respublikasi Prezidenti I.Karimovning qarori bilan yaqindan tanishtirish;

- Ingliz asarlari tarjimalarini qiyosiy tahlil asosida o’rganish;

- Asarlar tarjimasida qiyosiy tahlillarga tayangan holda bevosita tarjimaning bilvosita tarjimadan ustunlik jihatlarini yoritib berish.  

Bizning magistrlik ishimizning izlanish obyekti  sifatida ingliz dramaturgi Villyam Shekspirning “Otello” tragediyasi J.Kamolning ingliz tilidan bevosita tarjimasi hamda yozuvchi va shoir G’.G’ulomning bilvosita tarjima asari asosida olib borildi.

O’zbekistonda jahon adabiyoti durdonalarining o’zbek tiliga to’g’ridan-to’g’ri bevosita tarjima jarayonini taqomillashtirish tadqiqot ishimizning predmeti hisoblanadi.

 

2015-02-24 16:20:44 | ko'rishlar soni: 16925 | Yuklab olindi: 3275-marta